So’nggi yangiliklar

14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  1 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  5 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  42 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  3 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  61 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  25 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  47

Levandovski - "Eng omadsiz futbolchi" Yangiliklar

Levandovski - "Eng omadsiz futbolchi"

Saytimiz ijodkori SHahboz Beg'amov "Bavariya" va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovskini "eng omadsiz futbolchi" deya tarifladi.

Levandovski nega "eng omadsiz futbolchi" yoki 2020 yildagi eng zo'ri? Buni aniq faktlarga tayangan holda tushuntirishga harakat qilaman.

Levandovski joriy mavsum ECHLda eng ko'p gol urgan futbolchi — 11. Undan keyingi o'rindagi Xoland (10 gol) jamoasi "Borussiya" musobaqani tark etgan. Levandovski joriy mavsum o'z faoliyati davomida musobaqadagi eng ko'p golini urdi. Bunga qadar Robert ECHLda bir mavsumda 10dan ortiq gol urmagan.

11 yillik gegemonlik buzilmoqda

Oxirgi 11 yildan buyon ECHLning eng yaxshi to'purarlari Ronaldu yoki Messi bo'lgan. Bu ikkovlon ECHL to'purarligini 11 yildan buyon hech kimga bermay kelayotgandi. Faqatgina 2015 yili Ronaldu va Messi bilan birgalikda Neymar ham bir xil gol urib, to'purarlik poygasidagi g'oliblikni uchga bo'lishgandi. Joriy mavsum esa Messi va Ronaldu hozirgacha faqatgina 2tadan gol urishdi va Levandovskini quvib o'tishlari deyarli fantastika.


Yana bir ustunlik

Robert Levandovski joriy mavsumni super o'tkazayotganiga yana bir muhim fakt. Leva ilk bor milliy chempionatda 30tadan ko'proq gol urdi. Yani, Levandovski 31 o'yinda 34 marta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bu borada Messi va Ronalduga solishtirsak, har ikkalasi Robertdan ko'proq o'ynagan (Messi 35 o'yin, 25 gol - Ronaldu 33 o'yin, 31 gol) va kam gol urgan.

Yani, Levandovski nafaqat ECHLda, balki milliy chempionatda ham joriy mavsum eng yaxshi samaradorligini ko'rsatmoqda va uning raqobatchilari Messi va Ronalduda avvalgiga nisbatan pasayish.

Garchi "Oltin butsa"ni Immobile "ilib" ketgan bo'lsada, Levandovskining bu yilgi ajoyib o'yinlari va qayd etayotgan ko'rsatkichlariga bu soya sololmaydi.

Immobile A Seriyada o'ynaydi va Italiyada mavsum davomida 38 o'yin kafolatlangan. Germaniyada esa jamoalar soni kamroq va tabiiyki o'yinlar to'rttaga kam. Levandovski Immobiledan 6 o'yin kam o'tkazib, ikkita golga ortda qoldi. SHuningdek, Robert urgan 34 goldan atiga beshtasi penaltidan. Immobile esa gollarining qariyb 40% penaltidan urgan, yani 14ta gol "nuqta"dan kiritilgan.

Levandovski nafaqat shaxsiy ko'rsatkichi, balki jamoaviy natijalari bo'yicha ham maksimum tomon otlanmoqda. "Bavariya" bilan oltin dublni rasmiylashtirgan Levandovski yilning eng muhim musobaqasi Evropa chempionlar ligasidagi hamma o'yinda g'alaba qozondi. Hozircha "Bavariya" ECHLda barcha uchrashuvda g'alaba qilgan yagona klub. Qisqa qilib aytganda, Levandovskida 2020 yilni super notada tugatib qo'yish imkoniyati mavjud. Ehtimoliy tarafdan har tomonlama eng yaxshi natijani qayd etish bo'yicha Levandovskining imkoniyatilari juda katta. "Oltin to'p" uchun kurashdagi asosiy raqobatchilari nafaqat shaxsiy ko'rsatkich bo'yicha undan orqada, balki jamoalarining natijalari borasida ham oqsashmoqda. "Yuve" amallab chempion bo'lgan bo'lsa, "Barselona" La Ligada hukmronligini saqlab qolmadi. ECHLda esa nimchorak finalning dastlabki o'yinlarida na Messi va na Ronaldu o'z jamoalariga ko'maklasha olishmadi. Buni ularning ECHLdagi eng yomon mavsumini o'tkazayotganiga dalil bo'luvchi raqamlar ham isbotlab turibdi.

Robert individual harakatlarining samaradorligini qanchalik ko'z-ko'z qilmasin, joriy yil baribir shaxsiy yutuqlar kollekciyasini boyita olmaydi. "Oltin butsa" asosan penaltilar effekti evaziga Immobilega ketdi, "Oltin to'p" sovrini bekor qilindi. Garchi karantinda ham deyarli barcha chempionatlar davom ettirilib, musobaqa tugatib qo'yilayotganiga qaramasdan "Franc futbol" uchun Franciya 1 Divizionini yakunlanmagani asosiy faktorga aylandi. G'alati.

"Franc futbol" nashri futbolga nisbatan nohaqlik va hurmatsizlik qilayotgandek guyo. Ayniqsa Robert Levandovskiga nisbatan desak to'g'riroq bo'ladi. Butun mavsumni bir tekis o'tkazayotgan, jamoaviy natijalar deysizmi, individual harakat va ko'rsatkichmi farqi yo'q, karantingacha va restartdan keyin ham super barqarorlikni saqlab turgan Levandovskidek "omadsiz" futbolchini  topish qiyin bo'lsa kerak. 

Garchi "Oltin to'p" hech kimga berilmasada, katta ehtimol har taraflama unutilmas bo'layotgan 2020 yili Levandovskini "eng omadsiz futbolchi"ga aylantirgani bilan ham esda qolsa kerak...


SHahboz Beg'amov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика