Levandovski bugun maydonga tusha oladimi?
21 iyu 12:23
Yangiliklar
Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski jamoasiningEvro-2024 guruh bosqichidagi navbatdagi o'yinida maydonga tushishi mumkin, deb xabar berdi Meczyki.pl loyihasi bosh muharriri Tomash Vlodarchik.
Xabar qilinishicha, Levandovski jarohatidan tuzalib, kecha jamoa bilan mashg'ulot o'tkazgan. Avstriya terma jamoasiga qarshi o'yinda hujumchi asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Polsha terma jamoasi Evro-2024 guruh bosqichining ilk uchrashuvida Niderlandiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Levandovski son mushagidagi jarohat sababli uchrashuvni o'tkazib yuborgan edi.
Polsha – Avstriya uchrashuvi bugun 21:00 ga belgilangan.
Fikrlar