Levandovski "Bavariya"dan uni transferga qo'yishni so'raydi
30 mar 2018 17:42
Yangiliklar
Levandovski "Bavariya"dan uni transferga qo'yishni so'raydi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski yozda jamoani tark etmoqchi.
Avgustda 30 yoshga to'lgan polshalik forvard katta ehtimol bilan mavsum oxirida klubini o'zgartiradi.
Oldinroq, "Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge Levandovski jamoani tark etmasligi haqida aytgan edi, ammo hujumchi bir qarorga kelgan ko'rinadi.
Malumotlarga ko'ra, Robert yaqin vaqt ichida klub rahbariyatidan uni transferga qo'yishni so'raydi.
Levandovski uchun asosiy nomzod "Real" bo'lib turibdi, ammo madridliklar forvardni qo'lga kiritish uchun "Manchester Yunayted" va "CHelsi" bilan kurashishiga to'g'ri keladi.
Joriy mavsum Levandovski Bundesliganing 25ta uchrashuvida 23ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Fikrlar