Lev Yashin - barcha davrlarning eng yaxshi darvozaboni deb tan olindi
06 okt 2020 14:07
Yangiliklar
Lev Yashin - barcha davrlarning eng yaxshi darvozaboni deb tan olindi
Franciyaning France Football nashri barcha davrlarning eng yaxshi darvozaboni deb Moskvaning Dinamo darvozaboni Lev Yashinni tan oldi.
Darvozabonlar orasida yagona «Oltin to'p» sohibiga eng yaxshi bo'lish uchun Janluiji Buffon (Italiya), Manuel Noyer (Germaniya), , Dino Joff (Italiya), Edvin van der Sar (Niderlandiya), Peter SHmeyxel (Daniya), Toma NʼKono (Kamerun), Zepp Mayer (Germaniya), Iker Kasilyas (Ispaniya) va Gordon Benks (Angliya) kabi darvozabonlar raqobat qildi.«Eng yaxshi darvozabon» ovoz berish yo'li bilan aniqlandi. Ovoz berish jarayonida jami 177 ta jurnalist ishtirok etdi.
Fikrlar