Lev termada qoladi
23 noy 2020 18:51
Yangiliklar
Lev termada qoladi
Germaniya futbol ittifoqi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Yoaxim Lev terma bosh murabbiyligida qoladi.
Oldinroq terma Ispaniyaga 0:6 hisobida mag'lub bo'lib, Millatlar ligasi yarim finaliga chiqa olmaganidan keyin Levning ketishi mumkinligi borasidagi gap-so'zlar urchib qolgandi.
"Ispaniya termasidan uchralgan mag'lubiyatni taxlil qilib, holatni to'g'rilash uchun Levga vaqt va imkoniyat beriladi. 4 dekabr kuni DFB majlislar zalida prezidium bo'lib o'tadi va unda terma bosh menejeri Oliver Birxoff milliy jamoaning holati haqida malumot beradi", - deb yozaladi bayonotda.
60 yoshli Lev 2006 yildan buyon termani boshqarib keladi. Uning qo'l ostida nemislar 2014 yilgi jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar