Lev ikki futbolchini termaga qaytarishi mumkinligini aytdi
09 dek 2018 17:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/466392_original.jpg)
![](/upload/storage/466392_220.jpg)
Lev ikki futbolchini termaga qaytarishi mumkinligini aytdi
Germaniya termasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev himoyachilar Mats Xummels va Jerom Boatengni milliy jamoaga qaytarish mumkinligini aytdi.
"Qachonki ular yaxshi jismoniy holatda bo'lishsagina termaga qaytishlari mumkin. Biroq so'nggi o'yinlarda bu sezilmayapti.
Bir necha oylardan keyin nimalar bo'lishini bilmayman. Barchasi o'zlarining o'yinlariga bog'liq. Yaxshi o'yin ko'rsatganlarni termaga chaqiraman.
Termada barcha futbolchiga bir narsani ko'p qaytaraman: qachonki hujumda 7-8 futbolchi o'ynasa, himoyachilarning potenciali yuqori bo'lishi kerak.
Tan olish kerak, bizda balans etishmayapti. Himoyachilarimiz sekinlashib qolgani uchun raqib hujumchilari bizdan osonlik bilan o'tib ketishmoqda", - dedi Lev.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar