Lesterlik hakam "Stok Siti" - "Tottenxem" uchrashuvidan olib tashlandi
14 apr 2016 15:47
Yangiliklar


Lesterlik hakam "Stok Siti" - "Tottenxem" uchrashuvidan olib tashlandi
Hakam Kevin Frend "Stok Siti" va "Tottenxem" o'rtasidagi APLning 34-tur bahsini boshqarmaydi.
Hakamlar qo'mitasi lesterlik bo'lgani uchun 44 yoshli referini bu uchrashuvda ishtirok etishiga yo'l qo'ymadi.
Frend Lesterda yashaydi va shahar jamoasining uchrashuvlariga ham tushib turadi. "SHporlar" Premer-liga chempionligi uchun "tulkilar"ning asosiy raqibi hisoblanadi.
SHunday qilib, uchrashuvni prestonlik Nil Suorbrik boshqaradi, Fred esa "Nyukasl" - "Manchester Siti" uchrashuviga tayinlandi.

Fikrlar