"Lester" xavbeki Genuyaga ko'chib o'tdi
04 okt 2020 01:17
Yangiliklar


"Lester" xavbeki Genuyaga ko'chib o'tdi
"Lester" yarim himoyachisi Adrien Silva faoliyatini "Sampdoriya"da davom ettiradi. Bu haqda genuyaliklar matbuot xizmati xabar qildi.
Italyan klubi bilan 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolangan.
Silva o'tgan mavsumni "Monako"da o'tkazib, 24 uchrashuvda maydonga tushgan edi. Malumot uchun, 31 yoshli futbolchi Portugaliya terma jamoasi uchun 26 ta o'yin o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar