Gvardiola Silvaning "Manchester Siti" bilan yangi shartnomasi borasida fikr bildirdi
29 noy 2025 12:43
Yangiliklar
Gvardiola Silvaning "Manchester Siti" bilan yangi shartnomasi borasida fikr bildirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Bernardu Silva klub bilan 2026 yilning yozida yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirishiga umid bildirdi.
Yanvardan portugaliyalik boshqa jamoalar bilan dastlabki muzokaralarni olib borishi mumkin bo'ladi.
"Bernarduga eng yaxshi tilaklarni tilayman. Agar u qolishga qaror qilsa, men faqat xursand bo'laman. Lekin hozircha bu haqda to'g'ridan-to'g'ri gaplashmadik. U to'qqiz yildan buyon klubda va kelajagi borasida qarorni klub bilan birga qabul qiladi”, - dedi Gvardiola.
Bernardu Silva "Manchester Siti" safida 2017 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda va shu vaqt ichida 6 marta Angliya chempioni bo'lgan. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 32 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar