"Lester" Pratni A Seriya klubiga ijaraga berdi
01 sen 2021 16:30
Yangiliklar


"Lester" Pratni A Seriya klubiga ijaraga berdi
"Torino" o'z tarkibini Belgiya terma jamoasi va "Lester" yarim himoyachisi Dennis Prat bilan to'ldirdi.
27 yoshli xavbek Turin klubiga bir yillik ijara asosida yo'l oldi, bu haqda italyan klubi rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bitim yakunlangandan so'ng "Torino"da o'yinchini xarid qilish huquqi bo'ladi.
Qayd etish kerakki, Prat oldin ham A Seriyada o'ynagan. U uch yil davomida "Sampdoriya" sharafini himoya qilgan.
Dennis o'tgan mavsum Angliya chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
15:21
"Tottenxem"ning istalgan futbolchisi "Manchester Yunayted" asosiy tarkibida o'ynagan bo'lardi" 1

Fikrlar