"Lester" futbolchisining "Galatasaroy"ga transferi barbod bo'ldi
09 sen 2021 16:53
Yangiliklar
"Lester" futbolchisining "Galatasaroy"ga transferi barbod bo'ldi
"Lester" yarim himoyachisi Nampali Mendining ijara asosida "Galatasaroy"ga o'tishi amalga oshmay qoldi.
29 yoshli franciyalik futbolchi turk klubiga transferini yakunlash uchun vaqtida Istanbulga kela olmadi.
Turkiyadagi transfer oynasi 8dan 9 sentyabrga o'tish kechasida yopildi.
Mendi 2016 yilning yozidan beri "Lester"da o'ynaydi. Futbolchi joriy mavsum "tulkilar" safida maydonga tushmadi.
Fikrlar