"Lester" futbolchisi Lamborginisida YTXga uchradi (foto)
24 noy 2016 11:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/228752_original.jpg)
![](/upload/storage/228752_220.jpg)
"Lester" futbolchisi Lamborginisida YTXga uchradi (foto)
"Lester Siti" yarim himoyachisi Jeffri SHlupp mashg'ulotga ketayotib yo'l transport xodisasiga uchradi.
Malumotlarga ko'ra, boshqaruvni yo'qotgan SHlupp mashinasida daraxtga urilgan.
Futbolchi voqea joyida The Sun nashriga ekslyuziv intervyu bergan:
"Hech qisi yo'q, menda yana 3 ta mashina bor".
Ushbu so'zlar elon qilinganidan bir necha soat o'tib, SHlupp "Tvitter" orqali bu so'zlarni aytmaganini yozdi.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli ganalikning "Lester"dagi haftalik maoshi 30 ming funtni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar