“Lester” futbolchisi 3 oyga safdan chiqdi
19 okt 2020 08:53
Yangiliklar
“Lester” ustozi Brendan Rojersning so'zlariga ko'ra, jamoa markaziy himoyachisi CHag'lar Suyunju jarohat sabab 3 oy maydonga tusha olmaydi. Turkiyalik futbolchi oyoq mushaklaridan jarohat olgan. Rojersning aytishicha, Suyunju jarohatni Turkiya terma jamoasi safidaligida orttirib olgan.
Qayd etish joiz, Suyunju APLning o'tgan mavsumdagi eng tezkor futbolchisi bo'lgandi. U o'tgan mavsumdagi o'yinlardan birida 37/39 km/soat tezlikni qayd etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar