"Lester", "Everton" va "Inter" Xoakin Korreaga qiziqmoqda
17 avg 2021 08:38
Yangiliklar
"Lester", "Everton" va "Inter" Xoakin Korreaga qiziqmoqda
"Lacio" forvardi Xoakin Korrea klubdan ketishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, rimliklar 27 yoshli argentinalik futbolchini 35 million evroga sotishga tayyorlar.
O'yinchiga "Lester", "Everton" va "Inter" davogarlik qilmoqda. Milanliklar bosh murabbiyi Simone Inzagi forvard bilan "Lacio"dagi faoliyati orqali tanish.
Korrea o'tgan mavsum "Lacio" tarkibida 38ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar