So’nggi yangiliklar

10:10«Вест Хэм» сардори фаолиятини БААда давом эттиради  1 09:41МЮда Суперкубокдан аввал муаммолар бор. «Ман Сити»га қарши беш нафар ҳимоячи майдонга тушмаслиги мумкин  3 09:13Элдор Шомуродов «Рома»нинг Англиядаги машғулотларига қўшилди  8 08:45Қойил! «Челси» 9-дарвозабони билан шартнома тузди  2 08:18Про лига. Бугун 15-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  2 07:50Суперлига. Бугун 15-турга старт берилади  2 07:23Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2 00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  2 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  1 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  1 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  1 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  6 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  1 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  3

"Lester" ertagiga poydevor bo'lgan o'yin Yangiliklar

"Lester" ertagiga poydevor bo'lgan o'yin

Bir o'yin tarixi.

"Lester"ning 2015/16 yilgi mavsumda Angliya chempioni bo'lgani hech kimning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. Futbol muxlislari bu takrorlanmas chempionlikni hali uzoq vaqt eslab yurishadi. Qizig'i, bir mavsum oldin "Tulkilar" zo'rg'a Premer-ligada jon saqlab qolishgandi. CHempionlikdan bir yil oldingi mavsumda "Lester" shunday o'yin o'tkazgandiki, natijada bu klub haqida barcha gapira boshlagandi. 2014/15 yilgi mavsumning 5 turida "Tulkilar" o'z maydonlarida MYUni 5:3 hisobida mag'lub etishgandi…

AVVAL MYU BOSHLAYDI
O'sha mavsum avvalida MYUni gollandiyalik murabbiy Lui van Gaal qabul qilib olgandi. Manchesterliklar bir qator yulduzlar bilan shartnoma imzolashgandi. Anxel Di Mariya, Radamel Falkaolar shular jumlasidan. Biz aytayotgan o'yin 2014 yilning 21 sentyabr kuni o'tkazilgandi. Premer-Liganing 5-turidan o'rin olgan bahsni MYU ancha faol boshlaydi. 13-daqiqada chap qanotda paydo bo'lgan Radamel Falkao himoyachini aldab o'tib, to'pni havolat jarima maydonchasiga uzatadi. Himoyachilar taqibidan qochib ketgan Robin van Persi esa bosh bilan to'pni darvozaga yo'llaydi – 0:1. Goldan uch daqiqa o'tib MYU farqni ikkitaga oshiradi. Maydon markazida to'pni qabul qilib olgan Ueyn Runi to'pni jarima maydonchasi yaqinidagi Anxel Di Mariyaga uzatadi. Argentinalik futbolchi esa jarima maydonchasiga kiriboq to'pni sekingina "Lester" posboni SHmeyxelning ustidan tashlab qo'yadi – 0:2. Biroq u vaqtda Naydjel Pirson qo'l ostida harakat qilgan "Tulkilar" Di Mariyaning chiroyli golidan keyin o'zlarini yo'qotib qo'yishmaydi. O'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Jeymi Vardi 17-daqiqada ilk samarali harakatini amalga oshiradi. U o'ng qanotdan Markus Roxodan to'pni olib qo'yib, jarima maydonchasiga havolatib uzatadi. Bu erda bo'ydor Leonardo Uloa to'pni kutib turgandi. Argentinalik hujumchi bosh bilan De Xea darvozasining yuqori burchagini aniq nishonga oladi. Ikkinchi bo'lim avvalida esa MYU farqni yana ikkitaga oshiradi. Anxel Di Mariyaning to'p uzatishidan keyin Ander Errera darvozaga teskari turgan bo'lsa-da, chiroyli tarzda gol uradi – 1:3. Biroq qolganiga "Lester" va xususan Jeymi Vardining navbati keladi.

VARDINING ILK PORLASHI
62-daqiqada Jeymi Vardi jarima maydonchasi yaqinida himoyachi Rafaelni elka bilan turtib yiqitadi va undan to'pni olib qo'yadi. Braziliyalik himoyachi esa Vardini to'xtatish uchun harakat qilganida hujumchi yiqiladi. Ha, aynan yiqiladi. Vardi o'z jamoasining nomiga mos tarzda tulklik qilib penalti ishlagandi. Mark Klattenburg esa Vardining nayrangiga uchib, MYU darvozasi tomon penalti belgilaydi. Penaltini Devid Nyujent golga aylantiradi – 2:3. Aynan shu goldan keyin o'yinning harorati maksimal darajaga etadi. Bu goldan ikki daqiqa o'tib "Lester" hisobni tenglashtiradi. MYU jarima maydonchasi ichida palapartishlik yuzaga keladi. Kuchli zarb bilan tepilgan to'p Jeymi Vardiga kelib tushadi. Vardi to'xtatgan to'pni esa Inter safida CHempionlar Ligasida g'olib bo'lgan Esteban Kambyasso kuchli zarba bilan darvozaga yo'llaydi. De Xea futbolchilarning orasidan o'tib kelgan to'pni qaytara olmaydi – 3:3.

79-daqiqaga kelib "Lester" keyingi mavsumda o'ziga chempionlikni olib kelgan uslub – qarshi hujumdan keyin hisobda oldinga chiqib oladi. Matadan to'pni olib qo'ygan o'ng qanot himoyachisi Richi de Lart katta tezlikda oldinga borayotgan Jeymi Vardiga aniq to'p uzatishini amalga oshiradi. Angliyalik hujumchi esa De Xea bilan birga-bir chiqib, xotirjamlik bilan to'pni yaqin burchakka joylab qo'yadi – 4:3. Bu shunchaki dahshat edi. To'g'ri, "Lester" keyingi mavsumda anchagina yangiliklar qilib, chempion bo'ldi, lekin o'sha chempionlikda biz aytayotgan o'yinni diskvalifikaciya sabab muxlislar qatorida o'tkazgan Naydjel Pirsonning ham hissasi bor edi. Vardi o'shandayoq qarshi hujumda juda zo'r o'ynardi. 83-daqiqada o'yin qahramoni bo'lgan Vardi yana bir penalti ishlaydi. Lekin bu safar haqli tarzda. Katta tezlik bilan oldinga o'tib ketgan hujumchini Blekkett qo'pollik evaziga to'xtatishga majbur bo'ladi. Klattenbur himoyachini maydondan chetlatib, MYU darvozasiga penalti belgilaydi. Ikkinchi penaltini esa "Lester"ning birinchi goli muallifi Leanardo Uloa golga aylantiradi – 5:3.

99 KUNLIK QORONG'ULIK
MYUga qarshi kechgan o'sha ajoyib o'yindan keyin "Lester" naqd 99 kun g'alaba nima ekanini bilmaydi. 100-kunda esa Riyad Mahrezning goli "Lester"ga "Xall Siti" ustidan g'alaba keltiradi. Ko'pchilik "Tulkilar"ning mavsum oxirida yana chempionshipga qaytishini taxmin qila boshlaydi. Bukmekerlik idoralari bunga deyarli ishonishardi. Biroq chempionatning oxirgi 8 o'yinini "Lester" fantastik tarzda o'tkazadi. 31-turdan keyin "Lester" 7 o'yinda g'alaba qozonib, 1 o'yinda durang qayd etadi. Bu esa "Tulkilar"ning chempionatni "xavfli hudud"dan chiqib, 14-o'rinda yakunlashiga sabab bo'ladi. Balki o'sha g'oliblik ruhi keyingi mavsum uchun poydevor vazifasini o'tgandir. "Lester"ning chempionlik mavsumiga to'g'ri kelmasa ham, MYUga qarshi o'sha ajoyib o'yin muxlislar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Premer-Liga. 2014/15 yilgi mavsum
5-tur. 2014 yil 21 sentyabr.
"LESTER" – "MANCHESTER YUNAYTED" – 5:3
Lester. "
King Pauer" stadioni, 31 784 tomoshabin
Bosh hakam: Mark Klattenburg.
Gollar: Robin van Persi (13), Anxel Di Mariya (16), Ander Errera (57) – Leonardo Uloa (17, 83, pen.), Devid Nyudjent (62, pen.), Esteban Kambyasso (64), Jeymi Vardi (79).
"Lester": Kasper SHmeyxel, Richi De Lat, Liam Mur, Ues Morgan, Pol Koncheski, Devid Nyudjent (Mettyu Jeyms, 75), Esteban Kambyasso (Endi King, 71), Din Xemmond, Deni Drinkuoter, Jeymi Vardi (Jeffri SHlupp, 85), Leonardo Uloa.
"Manchester Yunayted": David De Xea, Rafael da Silva, Tayler Blekett, Joni Evans (Kris Smolling, 30), Markus Roxo, Ander Errera, Deyli Blind, Anxel Di Mariya (Xuan Mata, 76), Ueyn Runi, Robin van Persi, Radamel Falkao (Adnan Yanuzay, 72).
CHetlatish: Blekett (83).

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика