"Lester" Demiral uchun yangi taklif bilan chiqadi
10 jan 2020 22:53
Yangiliklar


"Lester" Demiral uchun yangi taklif bilan chiqadi
"Lester" "Yuventus" himoyachisi Merix Demiral transferidan voz kechgani yo'q.
Avvalroq Turin klubi "tulkilar"ning ikki taklifini (24,5 mln funt va 34 mln funt miqdorida) rad qilgandi. "The Mirror" xabariga ko'ra, "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers Demiralni uning vatandoshi CHag'lar Suyunchu bilan markaziy himoyada o'ynatmoqchi.
"Tulkilar" qishki transfer mavsumi yakuniga qadar "Yuventus"ga yana bir taklif yuborishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar