"Lester" B Seriya to'purariga ko'z tikmoqda

16 apr 2016, 00:20
Angliyaning "Lester" jamoasi "Peskara" hujumchisi Janluka Lapadulaga qiziqmoqda.


Klaudio Raneri "Peskara" hujumchisi Janluka Lapadulaning o'yinlariga qiziqib qolgan. "Lester" yozda ushbu hujumchini o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rmoqchi.

Ushbu mavsumda hujumchi 21 marotaba raqiblari darvozasiga yo'l topa olgan va hozirda B Seriyada to'purar bo'lib turibdi.

Lapadulaga "Yuventus" hamda "Napoli" ham befarq emas.

Shuningdek, "Tottenxem" klubi ham Lapadulani kuzatib borayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football-Italia