So’nggi yangiliklar

11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  4 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  1 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  3 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  16 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  9 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  4 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  8

APL. "Arsenal" mehmonda "Lester Siti"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

APL. "Arsenal" mehmonda "Lester Siti"ni mag'lubiyatga uchratdi

APL 10-tur doirasidagi "Lester" - "Arsenal" o'yini bo'lib o'tdi.

Leicester City

Premier League . 10-tur

30/10/2021, 17:30

2
:
0
Tugadi

Arsenal

Gabriel - 5', Emile Smith Rowe - 18'

Stadion: King Power Stadium, 32209 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
46'  Kelechi Iheanacho (Ademola Lookman)
46'  Daniel Amartey (Harvey Barnes)
68'  Jonny Evans
71'  James Maddison (Patson Daka)
75'  Jamie Vardy
5'  Gabriel
5'  Bukayo Saka
18'  Emile Smith Rowe
58'  Alexandre Lacazette (Martin Oedegaard)
85'  Bukayo Saka (Nicolas Pepe)
90'  Emile Smith Rowe (Sead Kolasinac)

"Lester" – "Arsenal" 0:2

"King Pauer"

Gollar: 0:1 – 5 Gabriel, 0:2 – 18 Smit-Rou.

"Lester" – SHmeyxel, Kastan, Evans, Amarti (Barns, 46), Seyundjyu, Tomas, Tilemans, Meddison (Daka, 71), Sumare, Vardi, Ixeanacho (Lukman, 46).

"Arsenal" – Remsdeyl, Tomiyasu, Gabriel, Uayt, Nunu Tavaresh, Saka (Pepe, 85), Smit-Rou (Kolashinac, 90), Parti, Lokonga, Lyakazett (Edegor, 58), Obameyang.

Ogohlantirishlar: Evans (68), Vardi (75).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+1. Bahsning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. O'zgarish: Smit Rou o'rniga Kolashinac o'yinga qo'shildi.

89. "Lester"ning hujumdagi ishlari o'xshamayapti.

84. O'zgarish: Saka o'rniga Nikolya Pepe o'yinga qo'shildi.

84. Tilemans to'pni burchakdan o'yinga kiritdi, "Arsenal" himoyachilari esa xavfni bartaraf etishdi.

77. Sambi "Arsenal" uchun standart ishlab berdi.

75. Sariq kartochka. Vardi raqib himoyachisiga qo'pol o'ynab, qoidani buzdi va ogohlantirildi.

74. Barnsning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p "Arsenal" darvozasi yonginasidan o'tib ketdi.

71. O'zgarish: Meddison o'rniga Daka maydonga tushdi.

70. SHMEYXEL Obameyyangning aniq zarbasini qaytardi.

69. Kastan jamoasini goldan qutqardi, agar u to'pni chiqarib yubormaganida, ortidagi "Arsenal" futbolchisi hisobni yiriklashtirgan bo'lardi.

67. Vardi qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga burishga urindi, ammo zarba noaniq.

62. Remsdeyldan navbatdagi seyv. Bugungi o'yin qahramoni gol urgan futbolchilar emas, "Arsenal" posboni!

60. "Lester" raqib jamoaning "qamal"ga olib, tinimsiz hujumlar tashkil qilmoqda.

58. REMSDEYL! "Arsenal" posboni raqib jamoa vakilining xavfli zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

58. O'zgarish: Lyakazett o'rniga Martin Edegor maydonga tushdi.

55. ZARBAAAA! Tomasning xavfli zarbasidan so'ng to'p "Arsenal" darvozasi yonginasidan o'tib ketdi.

48. Nunu Tavaresh jamoasi uchun burchak to'pi ishlab berdi. Bu "Arsenal"ning 5-burchak zarbasi. Standart muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

46. Ikkinchi bo'lim o'zgarishlar bilan boshlandi: Ixeanacho o'rniga Lukman, Amarti o'rniga Barnslar maydonga tushishdi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'lim yakunlandi.

43. To'p qarshisida Meddison. Zarbaaaa... REMSDEYL! Superseyvdan so'ng to'p darvoza chizig'i ustidan qolgandi, himoyachilar to'pni darvoza oldidan uzoqlashtirishdi.

42. "Arsenal" jarima maydonchasi oldida standart. "Lester" hisobni qisqartirishi mumkin.

30. Tomiyasuning qanotdan uzatgan to'pini SHmeyxel egallab oldi.

28. Ixeanacho hisobni qisqartirishga yaqin keldi, ammo Remsdeyl seyv ijro etib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

18. GOOOOOL! EMIL SMIT ROU! "Lester" himoyasidagi palapartishlikdan so'ng to'p Emilga tushib qoldi va u yaqin masofadan darvozani nishonga oldi. 0:2.

15. Tavareshning reydi biroz muvaffaqiyatsiz yakun topdi, ammo mehmonlar burchak to'pi ishlab olishdi.

12. Meddisonning jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi, hujumning ikkinchi to'lqini esa noaniq pas bilan yakun topdi.

11. Parti chap oyoqda to'pga kuchli zarba berib, SHmeyxelni sinab ko'rdi, Kasper esa imtihondan o'tdi va to'pni egallab oldi.

7. Obameyyang raqib himoyachisining xatosidan foydalanib, to'pni egallab oldi va tezkorlik bilan hujumga o'tdi. Uning chap oyoqdagi zarbasi kuchsiz chiqdi, biroq SHmeyxel to'pni qiyinchilik bilan egallab oldi.

5. GABRIEL! GOOOL! "Arsenal" hisobni ochdi. Sakaning burchakdan uzatgan to'pini Gabriel bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.

2. Vardi bosim orqali "Arsenal" posbonini shoshirib qo'ydi, biroq Remsdeyl xato qilgani yo'q.

1. Uchrashuv boshlandi. "Arsenal" dastlabki daqiqadayoq hisobni ochishga yaqin keldi, ammo SHmeyxel jamoadoshining avtogol urishiga yo'q qo'ymadi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

"Lester": SHmeyxel, Kastan, Evans, Amarti, Seyundjyu, Tomas, Tilemans, Meddison, Sumare, Vardi, Ixeanacho.

"Arsenal": Remsdeyl, Tomiyasu, Gabriel, Uayt, Nunu Tavaresh, Saka, Smit-Rou, Parti, Lokonga, Lyakazett, Obameyang.


APL TURNIR JADVALI

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика