Leroy Sane JCH-2018ga bormasligi haqida fikr bildirdi
05 iyu 2018 17:16
Yangiliklar


Leroy Sane JCH-2018ga bormasligi haqida fikr bildirdi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Saneni JCH-2018ga boradigan tarkibga kiritmadi.
"Kecha va bugun meni qo'llab-quvvatlash uchun yuborgan xabarlaringizdan minnatdorman.
Jahon chempionatida ishtirok etmasligimdan xafaman, biroq bu qarorni qabul qilishim va kuchliroq bo'lib qaytishim kerak. Rossiyada Germaniya terma jamoasiga omad tilayman. Sovrinni qo'lga kiriting!" - deb yozadi Sane "Tvitter"dagi sahifasiga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar