Leonid Sluckiy: "Qiyin o'yinni qutqarib qoldik"
12 iyu 2016 04:49
Yangiliklar
Leonid Sluckiy: "Qiyin o'yinni qutqarib qoldik"
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Sluckiy Angliyaga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Jamoam futbolchilariga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Uchrashuv oxirida ular katta bosim oldida o'ynay olishdi. Ular qiyin o'yinni qutqarib qolishni uddasidan chiqishdi. O'yin atrofidagi urush va muxlislarning tartibsizligi borasida izoh bera olmayman. Meni diqqat etiborim faqat bahsga va tayyorgarlik jarayoniga qaratilgandi.
Bu urush va janjallar futbol uchun yaxshi voqea emas.
Angliya ikki xil taktikada o'ynaydi. Biz ularning ikkisiga ham tayyor edik. Angliya jahonning eng tezkor jamoalaridan biri sanaladi. Ha, o'yin to'liq bizning rejamiz ostida o'tmadi. Golovin va Noyshtedterga etiroz bildira olmayman. Ular maksimum kuchlari bilan harakat qilishdi.
Fikrlar