So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Leonid Senkevich: “To'p nazorati ko'proq bizda bo'ldi” Yangiliklar

Leonid Senkevich: “To'p nazorati ko'proq bizda bo'ldi”

O'zbekiston Birinchiligining 1-bosqich, 7-turidan o'rin olgan “Oq-tepa” – “CHust-Paxtakor” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Leonid Senkevich o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugun raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik. O'yin davomida to'pni nazorat qilish borasida mezbonlardan ustunlik ham qildik. Futbolchilarimiz “Oq-tepa” posboni bilan birga-bir vaziyatga ham chiqib borishdi, biroq gol ura olmadik. Bunday holatga birinchi marta tushayotganimiz yo'q.
 
Mahalliy o'yinchilarimga hech qanday etirozim yo'q. Ular o'zlariga bildirilgan ishonchni to'la oqlashdi. Ayniqsa, yosh futbolchilarim o'zlarini ko'rsatishdi. Biroq nisbatan tajribali bo'lgan darvozabon Asilbek Omonov va Mamur Sultonovga etirozim bor. Ikkinchi gol ularning vijdoniga havola. Bunday saviyadagi futbolchilar bu kabi gollarni o'tkazib yubormasligi kerak.
 
Rahbariyat bilan gaplashaman. Bundan keyin futbolchilarga imkoniyat bermayman. Ularga etarlicha imkoniyat berildi. Yana nima deyishim mumkin? Qolgan uchrashuvlarda qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz va g'alabalarni qo'lga kiritamiz, degan umiddaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика