So’nggi yangiliklar

17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  0 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  16 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1

Leonid Koshelev: "Kuchli zarba yo'llash qobiliyati, avvalo insonda tug'ma bo'ladi" Yangiliklar

Leonid Koshelev: "Kuchli zarba yo'llash qobiliyati, avvalo insonda tug'ma bo'ladi"

Bir necha yillar avval “Paxtakor” sharafini himoya qilib, bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan Leonid Koshelevni diyorimizdagi futbol ixlosmandlari yaxshi bilishadi.

O'z davrida yurtimizning eng kuchli futbolchilaridan biri deya etirof etilgan Koshelevning bugungi faoliyati, afsuski ko'ngildagidek deb bo'lmaydi. CHunki  futbol bir joyda turib qolgani yo'q. Qolaversa,  millionlar o'yinida  yosh ham juda muhim. Hozir birinchi liga vakili “NBU Osiyo” sardori sifatida to'p tepayotgan Lyonyaning ajoyib o'yinlari hali o'zbekistonlik futbol ishqibozlari yodidan ko'tarilgani yo'q. Buni News Arenaga yo'llangan savollardan ham bilish mumkin. Milliy terma jamoamizning sobiq azosi bilan uchrashuv chog'ida muxbirimiz ana shu savollarga batafsil javob oldi.


O'tkirbek Saydaliev - tadbirkor

- Lyonya yanglishmasam, qariyb 10 yildan buyon siz bilan intervyular, faoliyatingizga oid malumotlarni uchratmayapmiz. Bu nima bilan bog'liq? Yulduzlik davringiz ortda qoldimi yoki shunchaki jurnalistlar etiboridan chetda qoldingizmi?

- Jurnalistlar nazaridan chetda qoldim deb o'ylamayman. Sababi ko'p bor suhbatga chorlashdi. Lekin bazida vaqt masalasida muammolar bo'ldi, bazan esa istak, xohish bo'lmadi. Xohlamaganimning sababi bor. Qachonlardir bir gazeta muxbiriga intervyu bergandim. Lekin o'sha jurnalist men aytmagan ayrim gaplarni ham yozib yuborgandi. Axir muxlislar gazetani o'qib menga nisbatan fikrlari o'zgarishi mumkin. SHuning uchun intervyu berishdan biroz cho'chib qolgandim.


Azizbek Mahammatov (o'quvchi)

- Afsuski yoshlik davringizdagi o'yinlarni ko'rish menga nasib qilmagan. CHunki u davrlar juda yosh edim. Dadamning aytishicha, hozir milliy terma jamoamiz tarkibida siz kabi kuchli zarba yo'llay oladigan futbolchi yo'q ekan. Buni o'yinlaringizga guvoh bo'lgan ko'pchilik muxlislardan ham eshitdim. Umuman, kuchli zarba yo'llashni o'rganish uchun qanday mashg'ulotlarga ko'proq etibor qaratish lozim. Ko'pchilik murabbiylar zarba kuchini nisbatan kam miqdorda oshirish mumkin, chunki bunday iqtidor tug'ma bo'ladi, deyishadi. Bu gaplar asoslimi?

- Bunday etirofdan juda xursandman. Lekin kuchli zarbaga ega bo'lgan futbolchilar men o'ynagan vaqtda “Paxtakor” jamoasida ham, milliy terma jamoa safida ham ko'p edi. Savolingizga kelsak, murabbiylarning fikriga qo'shilsa bo'ladi. Kuchli zarba yo'llash qobiliyati, avvalo insonda tug'ma bo'ladi. Ammo, bu bilan zarba kuchini mashg'ulot orqali oshirib bo'lmaydi, deyish ham noto'g'ri. Xech kim onadan kuchli futbolchi bo'lib tug'ilmaydi. Har qanday muvaffaqiyatga mehnat tufayli erishiladi. Siz ham astoydil harakat qilsangiz, murabbiylar ko'rsatmalarini to'g'ri bajarsangiz, albatta o'zingiz istagan zarbaga ega bo'la olasiz.


Sardorbek Jalilov – talaba

- Bolaligingizda qaysi klub akademiyasida tarbiyalangansiz. Umuman futbolga kirib kelishingiz qanday kechgan?

- Avvallari hozirgidek bolalar futbol akademiyalari yo'q edi. Faqat to'garaklar bo'lardi. Men ham tug'ilib o'sgan shahrim Yangiyo'lda futbol to'garagiga qatnar edim. Igor Taran va boshqa yana bir necha taniqli zyinchilar ham o'sha dargohdan katta futbolga yo'l olgan. Keyinchalik hozirgi Olimpiya zaxiralari kollejiga kelganman.


SHohruxbek Toshmuhammedov - talaba

- “Paxtakor” jamoasi hayotingizda qanday ahamiyat kasb etgan. Ko'pchilik uchun qadrdon bo'lib qolgan stadion yonidan o'tayotganingizda qanday hissiyotlarga berilasiz?

- Albatta, “Paxtakor” faoliyatimda eng katta sahifani egallaydi. Futboldagi barcha sovrinlarimga ushbu jamoa safida erishganman. Qolaversa, futbolchi bo'lib tanilishim, milliy terma jamoa tarkibidan o'rin olishimda ham “Paxtakor”ning o'rni alohida. Qisqasi, bu klub men uchun hamisha qadrli bo'lib qolaveradi. Hissiyotlar borasida esa ortiqcha gapga hojat yo'q. CHunki, buni so'z bilan ifoda etish mushkul.


SHukurbek Soliev - tadbirkor

- Xuddi Server Jeparov kabi, sizni ham Viktor Jalilov kashf etgan, deyishadi. Bu fikr qanchalik haqiqatga yaqin?

- Albatta Viktor Romanovich mening faoliyatimda muhim o'rin tutadi. Qolaversa,  Akmal Azizxo'jaev,  Vadim Yatchenko, Yuriy Gospodarchuklar qo'l ostida ham futbol sir-asrorlarini o'rganganman. 


Javohir Sadirov - talaba

- Siz bilan birga to'p surgan futbolchilar orasida eng kuchlisi Server Jeparovmi yoki Mirjalol Qosimov?

- Albatta Mirjalol Qosimov. CHunki, biz undan ko'p narsa o'rganganmiz. Qolaversa, uning natijalariga bir etibor bering...


Jahongir Boyqobilov - jurnalist  

- “Paxtakor” safida Osiyo chempionlari ligasi yarim finalida “Bek tero Sasano” darvozasiga juda chiroyli gol kiritgandingiz. O'sha gol faoliyatingizdagi eng chiroylisimi?

- Faoliyatimda chiroyli gollar juda ko'p. O'zim uchun eng yodda qolarlisi esa MDH kubogi doirasida Moldaviyaning “SHerif” jamoasiga urgan golim. Birinchidan gol o'shanda juda chiroyli ko'rinish olgandi. Qolaversa, kiritilgan to'p alohida ahamiyatga egaligi bilan ham yodda qolgan. Xabaringiz bo'lsa, o'sha o'yin 1:0 hisobida yakun topgan edi. Albatta Tailand jamoasiga urgan golim ham chiroyli chiqqandi. Ammo uchrashuv biz uchun achinarli yakuni bilan esda qolgan. Sababi biz ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchraganmiz. Tabiiyki, goldan u qadar xursand bo'lmagandim.


Ahrorbek Aliev- energetik

- Futbolchilarning yoshi, tug'ilgan joyi va sanasi har doim muxlislar uchun qiziq bo'lgan. Siz qachon va qaerda tavallud topgansiz?

- 1979 yil 20 dekabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanida tavallud topganman. 


Hayotbek Murodov - tadbirkor

- Vodiylik muxlislar o'zbek futbolida o'ziga xos o'rin tutishadi. “Navbaxor” safida to'p surgan o'yinchi sifatida aytingchi, namanganlik muxlislar va “Paxtakor” ishqibozlari orasida qanday farq bor? 

- Har ikki jamoa muxlislari haqida iliq fikrlar bildirishim mumkin. Vodiyda futbolni juda qadrlashadi. O'sha paytlar stadionga juda ko'p ishqibozlar tashrif buyurishardi. Ko'pchiligi qiziqqonligi bilan ajralib turishardi. “Paxtakor” muxlislari ham har qancha maqtovga loyiq. Hali-hanuz kuzatib boraman.  Ular doimo jamoa bilan birga. 


Sanjar Otaboev – ichki ishlar xodimi

- Osiyo chempionatida Bahrayn darvozasiga 11 metrlik jarima to'pidan gol ura olmaganligingiz, qaysidir manoda keyingi faoliyatingizga tasir ko'rsatdimi?

- Yo'q. Bunday bo'lmagan. O'sha lahzada Andrey Fyodorov va Nikolay SHirshov kelib, ko'nglimni cho'ktirmasligim lozimligi, hali yosh ekanligim, jahon futbolida ham ko'plab buyuk futbolchilar shunday holatga tushganliklarini aytib dalda berishgandi. 


SHerzod Raimov - talaba

- Adashmasam, Rossiyaning qaysidir jamoasida ko'rikda bo'lib qaytgandingiz. Nima sababdan o'sha jamoaga o'ta olmagandingiz? Umuman, faoliyatingiz davomida chet el klublaridan yana qanday takliflar bo'lgan?

- Yaroslavlning “SHinnik” jamoasi ko'rigida bo'lganman. Avvaliga hammasi yaxshi kechayotgandi. Murabbiy Oleg Dolmatov o'zbek futbolini yaxshi bilardi. Bu borada men bilan gaplashib ham turardi. O'yinimdan qoniqish hosil qilayotgandi. Keyinchalik jamoalar bazi masalalar bo'yicha kelisha olmay qolishdi. Natijada ortga qaytishga majbur bo'lganman. Boshqa jamoalardan ham qiziqishlar ko'p bo'lgan, lekin jiddiy taklif bilan chiqishmagan. “SHinnik” esa men bilan astoydil shartnoma tuzishga intilgandi.


Xurshid Oqbolaev – temir yo'l xizmati xodimi

- Faoliyatingizni yakunlagandan so'ng o'zingizni murabbiylikda sinab ko'rasizmi?  Mabodo “Paxtakor” BFK akademiyasi sizni ishga taklif qilsa, qanday javob berasiz?

- Albatta, murabbiylik rejamda bor. Qolaversa, jonajon klubim taklif qilsa, qanday yo'q deyishim mumkin?


Baxtiyor To'ychiev - tadbirkor

- Hozirda “NBU Osiyo” tarkibida to'p suryapsiz. Jamoa tarkibidagi yoshlardan kimlarni alohida takidlab o'tgan bo'lardingiz?

- Hozir mavsum avvali, bir nima deyish qiyin. Bir qator yoshlar ko'rikdan o'tishmoqda. Avval chempionat boshlansin. 5-6 turdan keyin ayrim xulosalar chiqarish mumkin bo'ladi.


Muhammadali Turg'unov - talaba

- Metroning “Buyuk ipak yo'li” bekati yaqinida istiqomat qilaman. Sizni ham “shu atrofda yashaydi” deb eshitgandim. Qolaversa, sizni shu atrofda ko'p uchratardim. Negadir, keyingi vaqtlarda sizga ko'zim tushmay qoldi. Boshqa joyga ko'chdingizmi?

- Yo'q. Hali ham o'sha erda turamiz. Men qatori ko'plab futbolchilar ham shu erda yashashadi. Misol uchun, Baxtiyor Ashurmatov qo'shnim bo'ladi. Pavel Solomin va yana bir necha sobiq futbolchilar bir-birimizga yaqin joyda turamiz.


Ahmad ESHMATOV TAYYORLADI.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика