Leonardo: “Neymar va Mbappe dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan hisoblanishadi. Bunday tarkib yana kimda bor?”
10 fev 2020 22:56
Yangiliklar


Leonardo: “Neymar va Mbappe dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan hisoblanishadi. Bunday tarkib yana kimda bor?”
PSJ sport direktori Leonardo jamoaga yig'ilgan tarkibdan mamnun.
“Hozir men baxtliman, chunki jamoa ajoyib va iqtidorli futbolchilardan tashkil topgan. Bunday tarkib yana qaysi jamoada bor?
Neymar va Mbappe dunyoning eng kuchli to'rtligi safiga kirishadi va ular PSJda to'p tepishadi. Bundan albatta, xursandman. Bunday tarkib bilan kimdan qo'rqishimiz kerak?
PSJga doim bir xil savol bilan murojaat qilashadi: biz CHempionlar ligasini yuta olamizmi? Ammo bu borada savollar bo'lmasligi kerak. Tarkibmizda uch marta ECHLda g'olib chiqqa darvozabon bor. Eng yaxshi yosh futbolchilar ham aynan bizning jamoada to'p tepishadi”, deydi Leonardo “Canal Football Club”ga bergan intervyusida.
ECHL 1/8 finalida PSJ Dortmundning “Borussiya” klubi bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar