So’nggi yangiliklar

09:02Роналдуда иккита йўл бор  0 08:36АПЛ чемпиони 181 миллион фунт, 20-ўриндаги жамоа 110 миллион фунт мукофот олди  4 08:26Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи шогирдига қарши, бир қатор собиқ футболчилар ҳаракат қилаётган “Like cup“ мусобақаси давом этмоқда +ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:07Ламин Ямаль янги келишув бўйича “Барселона“да қанча ишлаб олиши маълум  3 07:40Хебай собиқ жамоасига қарши ўйин ҳамда кам гол ураётганининг сабаби ҳақида гапирди  1 07:15Пролига. Бугун Олмалиқда ўйин бор  0 02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  3 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  2 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  3 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  11 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  29 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  5 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  5 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  1

Leonardo Jardim: “Murabbiy etakchi bo'lib, o'yinchilar va klub bilan yaqin bo'lishi kerak” Yangiliklar

Leonardo Jardim: “Murabbiy etakchi bo'lib, o'yinchilar va klub bilan yaqin bo'lishi kerak”

“Monako” bilan oxirgi yillarda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan va uch mavsumda ikkinchi marta jamoani ECHLda chorak finalgacha olib kelgan Leonardo Jardim ayni paytda ko'plab katta klublarning etiborini tortgan.

Murabbiylik faoliyatini 27 yoshda boshlagan mutaxassis xorijlik hamkasblarimiz bilan suhbatda ko'plab savollarga javob qaytardi.

- 27 yoshda murabbiylikdagi debyutingizni o'tkazgansiz. SHaxsiy tajriba ishda sizga qo'l kelganmi?
- “Kamasha” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangunimga qadar 19 yoshda 13 yoshlilar jamoasini boshqarganman. 21 yoshda esa yordamchi murabbiy bo'lganman. SHug'ullantirishdan charchamasdim. Bu menga ko'pchilikda yo'q narsani berdi – 15 yillik tajribaga ega chiqdim. Ammo tajribaning o'zigina etarli emas. Tajriba bilim bo'la olmaydi. U to'g'ri qarorlar qabul qilish va kamroq xato qilishga yordam beradi.

- Sizdan katta futbolchilarni ishonchini qozonishni qanday uddalagansiz?
- To'g'risi, ishimda bunday muammolar 15 yil mobaynida umuman uchramagan. Hamisha voqealar markazida bo'lib, muammoning kattalashib ketishiga yo'l qo'ymaslikka urinaman. O'ylashimcha, muammolar ularga qarshi chora ko'rmaslikdan kelib chiqadi. Futbolda hammasi tez ro'y beradi. Futbol – bu hissiyotlar, kichik jihatga etibor berilmasa, u ertaga katta muammoga aylanib ketadi.


- Murabbiy o'yinchilarga yaqin bo'lishi muhimmi?
- Sirim o'yinchilar va klub xodimlariga juda yaqin bo'lishdadir. Natijaga tasir ko'rsatishi mumkin bo'lgan barcha bilan iliq munosabatda bo'lmoq darkor. Boshqa tarafdan bu futbolchilar bilan juda yaqin bo'lishimni anglatmaydi. Bu turli narsalardir. Odamlar orasida masofaning kamayishi yoki ko'payishi katta tavakkal hisoblanadi. Menimcha, futbolchilardan ajralib qolgan murabbiy ularning imkoniyatidan maksimum foydalana olmaydi.

- Uslubingizni turli shaxslarga moslashtirasizmi?
- Bu muhim narsa. Barchamiz bir xilmiz va shu paytning o'zida turlichamiz. Bir xil so'zlar qaysidir o'yinchini hayajonlantirishi, boshqasini xotirjamlikka chorlashi va yana birini esa o'ylantirib qo'yishi mumkin. SHu sababli futbolchilarni yaxshi bilish lozim. Ularning o'yinini yaxshilash uchun kimnidir ruhlantirishim, kimnidir tanqid qilishim zarur, agar ulardan to'g'ri javob olishni xohlasam. Zamonaviy futbolda bu sanoatda bo'lganidek katta ahamiyat kasb etadi. Skautlar ham bunday jihatlarga etibor qaratadi. Men uchun shaxsiy taraflar va o'rgana olish qobiliyati o'ta muhim sanaladi. Agar o'yinchi bu ikki jihatga ega bo'lsa, boshqa narsalarga ega bo'lmasdan turib ham muvaffaqiyatlarga erisha oladi.

- Etakchi bo'lmasdan yuqori saviyadagi murabbiyga aylanish imkoni bormi?
- Etakchilik men va ishim uchun juda muhim. Bu murabbiyning asosiy vazifalaridan biridir. Biz o'yinni tushunib, bilimga ega bo'lishimiz shart. Yana biz tibbiyot va OAV bilan ishlash bo'yicha bilimlarga ham ega bo'lishimiz kerak. Turli sohalardan malum narsalarni bilishimiz lozim, ammo etakchilik eng asosiy holat. Etakchilik sifatiga ega bo'lmasdan murabbiy bo'lish qiyin. Futbol murabbiyligining asosi jamoadagi etakchilik, turli guruhlarni boshqara olishdadir. Ishonchini rahbariyat va muxlislarga etkaza olishi lozim.


- Boshqa mutaxassislarni kuzatib borasizmi?
- Faoliyatim mobaynida uslubimni turli holatlarga moslashtirishga majbur bo'lganman. “Monako”ni boshqarish “Kamasha”, “SHavesh”, “Beyra-Mar”, “Sporting” yoki “Olimpiakos”ni boshqarish bilan bir xil emas. Har bir yangi ish oldingisidan farq qiladi. Etakchilikka shunchaki ega chiqib bo'lmaydi. Mendagi holat faqat o'zimga tegishli. Boshqalarni bilaman, ular haqida o'qiyman, ammo mendagi etakchilik shaxsiy faoliyatimdan kelib chiqadi. Kimdandir ko'chirish to'g'ri emas. Har bir murabbiy o'ziga qulay usulda ishlashi darkor. Albatta, turli muvaffaqiyatli insonlarning uslubidan xabardorman va bazi taraflarni o'rganishga intilaman. Qolaversa, boshqalarning aslida qanday ekanini bilmaymiz. Bizga ularning ko'rinadigan tarafi malum xolos.

 -O'yinchilar bilan tez-tez yolg'iz muloqot qilib turasizmi?
- Har kuni. Ular bilan kuniga suhbatlashaman, ammo muloqot uslublari katta ahamiyat kasb etadi. Bizda jamoaviy, o'yinchilar va jamoadagi xodimlar bilan alohida muloqot, jarayonga jalb qilingan barcha bilan suhbatlashish holatlari mavjud. Bazida himoyachilar, yarim himoyachilar yoki hujumchilar bilan gaplashaman. Misol uchun, hujumchi, chap qanot himoyachisi yoki markaziy himoyachi bilan alohida muloqot qilishim mumkin. Har biri bilan kuniga gaplashmayman, ammo ularning bazilariga har kuni nimadir deyishga to'g'ri keladi. Hammasi insonning o'zi va mening talablarimga bog'liq.

- Hozir futbolchilarni boshqarish murabbiylik faoliyatingizni boshlagan davrdan ko'ra qiyinroqmi?
- Ayni paytda hammasi qiyinroq. Odamlar turli sohalar bo'yicha malumotlarga ega bo'lib, bilimlarnii oshirib borishmoqda. Endi futbolchilarga yolg'on malumot berish mumkin emas. Ilgari bazi mutaxassislar shunday qilib turishardi. Hozir o'yinchilar barchasidan xabardor. Masalan, 30 yil oldin murabbiy osonlik bilan biror mevani eyish foydali ekanini aytsa, bu o'yinchilar uchun qoida kabi edi. Hozir unday emas. SHu bilan birga atrofimizni OAV, agentlar o'rab turgani, har bir futbolchi ishqibozlar ozig'i ekanini tushunish lozim. Ilgari bunday muammolarga duch kelmasdik. Har bir futbolchi o'zicha shaxsiy imijiga ega. Falkaoning tvitterda 12 million obunachisi bor. Franciya chempionatining bazi klublarida buncha miqdorda o'quvchi yo'q.


- Uch mamlakatda ishladingiz. Murabbiy o'zi ishlayotgan mamlakat tilini bilmasdan muvaffaqiyatga erishishi mumkinmi?
- Boshqa mamlakatga ko'chib o'tishda asosiy muammo fikrlar va g'oyalarni OAV hamda muxlislarga etkazish hisoblanadi. Barcha klublarda shunday holat ro'y beradi. “Monako” tarkibida italyanlar, braziliyaliklar, ispanlar, portugallar va boshqa millat vakillari bor. Murabbiy jamoaga g'oyasini etkazish uchun muloqotga kirishish xislatiga ega bo'lishi shart. Xorijda muvaffaqiyatli ishlash uchun mahalliy madaniyatdan xabardor bo'lish va o'sha mamlakat tilida erkin gapira olish muhim. Bularning birisiz yaxshi ishlashning o'zi bo'lmaydi.

“Olimpiakos”da ishlaganimda klub prezidenti mahalliy o'yinchilarni yiqqan va ularning hech biri ingliz tilida gapira olmasdi. Greciyada tarjimon xizmatiga yugurib borishga majbur bo'lganman. Tilni bilish fikrlarni etkazishdagina emas, balki obro'ni saqlashda ham muhim. Bir misol keltiraman. CHempionlar ligasi guruh bosqichida “Tottenxem” bilan uchrashdik. Bu jamoani Maurisio Pochettino boshqaradi. Uni juda hurmat qilaman. Faoliyatining avvalida u tarjimon xizmatiga murojaat qildi, ammo u inglizchani bilardi. Gap uning bilish darajasi g'oyalarini to'liq etkazishga etarli yoki aksincha ekanida bo'lgan. Franciyada tavakkal qilib, birinchi kundan francuz tilida gapirishga qaror qildim. Bazan tilni bilish asosiy ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

Behzod Nazarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика