So’nggi yangiliklar

08:30"Манчестер Юнайтед" қишда учта футболчисини қўйиб юборишга тайёр  0 08:03ОКМК сафида узоқ йиллардан бери тўп сурган икки нафар футболчи жамоани тарк этади  1 07:36"Милан" ва "Ювентус" АПЛнинг олти карра чемпиони учун курашмоқда  0 03:01Европа лигаси. "Лион" Исроилда 6та гол урди ва бошқа натижалар  2 02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ва "Кристал Пэлас" ютқазди (барча натижалар)  0 01:15Мбаппе энг яхши натижалардан бирини қайд этди  1 00:45Европа лигаси. "Рома", "Астон Вилла"дан қийин, "Порту"дан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:19Винисиус ҳамда Хаби ўртасидаги муносабат яхшиланмоқда  1 23:50Луис Энрике: "Оғир ўйинда характер кўрсатдик"  0 23:17Мануэль Нойер: "Ўша вазиятда жуда катта хавф остига қўяётганимни билардим"  4 22:55U-17 Жаҳон чемпионати. Португалия - чемпион!  8 22:43Эдерсоннинг агенти: "У "Барселона"га мос тушади"  4 22:23ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  3 21:59Мбаппе Винисиус ҳақида: "У каби футболни тушунадиганлар жуда кам"  1 21:21Киммих: "ПСЖга қарши ўйинимиз футболга кўпроқ ўхшаганди"  3

Leo Messi. U endi Xelayfining "kichik shahzoda"si Yangiliklar

Leo Messi. U endi Xelayfining "kichik shahzoda"si

"Men bir kunda 43 marta quyosh botishini kuzatganman".

Antuan de Sent-Ekzyuperi o'zining eng mashhur asarida shunday fikr keltiradi. Tasavvurga sig'maydigan absurd. Biroq, bu gap falsafiy qissadagi fantastik qahramon tilidan aytilgan. 

Adabiyot o'z yo'liga. Bugun real hayotdagi absurdlar haqida gaplashamiz. 2007 yilgi "Oltin to'p" g'olibini taqdirlash marosimida bosh rol "Milan" etakchisi Kakaning chekiga tushgan. Braziliyalik o'yinchi mukofotni ommaga ko'z-ko'z qilayotgan pallada kimdir chiqib, bugun undan ortda qolgan 20 yoshli argentinalik kelajakda bu sovrinni 6 marta yutishini aytsa, davlat jinnixonalaridan biriga yo'llanma berilardi.

Rost, 14 yil muqaddam 6ta "Oltin to'p"li futbolchi dunyodagi eng xayolparast kishining Tinch okeanidan ulkanroq tasavvuriga ham sig'masdi. Messi esa kishilar xayolotidagi chegaralarni o'zbek hokimlari uylarni buzganidek buzib yubordi.

2000 yil. Bilasiz, Kataloniyaga kelganida uning jussasi tengdoshlarinikiga nisbatan ancha kichik edi. O'shanda gormonlar tanqisligi tufayli o'smay qolgan 13 yoshli yigitcha 20 yildan keyin "Barselona"dan kattaroq nomga aylanishi haqida o'ylash kulgili edi. Bugun esa Leoni instagram orqali 246 mln kishi taqib qilayotgan bo'lsa, klub 100 mlnlik dovondan o'tolganicha yo'q.

Yuqorida argentinalik charm to'p ustasi kishilarning xayollarini buzish uchun tug'ilganini aytdik. Muxlislar nazarida u "Barsa" bilan jipslashib ketgan, hech qachon ayrilmaydigandek edi. Rost, Messi Kataloniyani Rosariodan ko'proq sevadi. CHunki u o'zini shu manzilda tanidi, butun dunyo uni shu nuqtada kashf qildi. Ammo, kattakon temir eshikni kichkina qalit ochganidek, bu hikoyaning intihosi uchun ham mittigina asos topildi. Leo ortiq Kataloniyada emas.

Hammasi ertakdagidek

"Pari Sen-Jermen" bir necha soat oldin uning transferini elon qildi. Mazkur xabarni o'qishim bilan Ekzyuperining "Kichkina shahzoda"si yarq etib ko'z oldimga keldi. Ertakda shunday sahna bor: Sahroyi Kabirga tushib qolgan uchuvchi kimsasiz sahroda suv topishga ko'zi etmay, tushkunlikka tushib qoladi. SHu vaqt kichik shahzoda uni olg'a borishga undaydi va odamzod maskanidan 1000 chaqirim narida buloq topib, hayotda qolishiga ko'maklashadi. 

Sanoqsiz millionlarni sarflab, katta yulduzlarni Parijga jamlasa ham, CHempionlar Ligasini yutolmayotgan Nosir al-Xelayfi sahrodagi uchuvchiga o'xshaydi. Leo esa uning "kichkina shahzoda"siga aylanib, maqsadiga etishtiradigandek go'yo...

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика