Leo Messi JCH g'olibligi haqida: "Bu orzu uchun umrim davomida kurashdim"
05 noy 2023 15:28
Yangiliklar
Leo Messi JCH g'olibligi haqida: "Bu orzu uchun umrim davomida kurashdim"
Hujumchi Leo Messi Argentina termasi bilan jahon chempionligi sovrinini qo'lga kiritgani haqida gapirdi.
- Jahon chempionligini taqdim qilgan Montelning penaltisidan keyin nimalarni his qilgansiz?
- Miyamda ming xil hayol bor edi. O'shanda nimalarni his qilganimni aytib berish juda qiyin. Tribunadagi yaqinlarimga imo-ishora qilish juda muhim edi. "Bo'ldi, mana, bo'ldi" - bu lahzalarni umrim davomida kutgandim. Bu uchun umrim davomida kurashgandim.
Bu mening orzuim edi, nafaqat mening, balki, butun Argentinaning orzusi bo'lgandi. O'zimga: "Bo'ldi, hamma sovrinni yutdim", degandim. Sahnada jahon kubogini ko'rganimda, bu bizniki ekanligiga ishonmayotgandim.
Uni ushlashga birinchi marta imkoniyatim bo'lgandi va uni birdaniga o'pishni istadim. O'sha lahzalarning har bir onidan zavq olgim kelgandi, - dedi Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar