Leno "Arsenal"dan ehtimoliy ketishini istisno etmadi
15 apr 2021 11:37
Yangiliklar
Leno "Arsenal"dan ehtimoliy ketishini istisno etmadi
"Arsenal" darvozaboni Bernd Leno yaqin kelajakda London klubidan ehtimoliy ketishini istisno etmadi.
Futbolchining "kanonirlar" bilan imzolagan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
"Men klubda juda ham baxtliman. Kelajakda nima bo'lishini bilmayman, ammo men barchaga ochiqman: yangi chaqiriqlarga, balki "Arsenal"da qolarman. Hali men kelajagim haqida o'ylamayman, sababi 2 yil - katta muddat. Hozirda klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar bo'lmayapti", - deydi Leno.
29 yoshli darvozabon joriy mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 12ta o'yinda "quruq" o'ynadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar