Lempard tez orada istefoga chiqariladi
25 jan 2021 15:27
Yangiliklar


Lempard tez orada istefoga chiqariladi
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard tez orada istefoga chiqariladi.
London klubi angliyalik mutaxassisning istefosini bugunoq elon qilishi mumkin.
"Ko'klar" futbolchilaridan kunning yarmiga qadar bazaga kelmaslik so'raldi.
"CHelsi" kecha Angliya Kubogi 4-bosqich doirasida "Luton"ni mag'lubiyatga uchratdi va 1/8 finalga yo'l oldi.
Londonliklar APL doirasidagi so'nggi beshta o'yinning bittasida g'alaba qozondi va 19 turdan so'ng 29 ochko jamg'argan holda jadvalda 9-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar