Lempard: "O'tgan safar Lukakuga "CHelsi"da etarlicha imkoniyat berishmagan edi"
25 iyu 2017 21:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/261168_original.jpg)
![](/upload/storage/261168_220.jpg)
Lempard: "O'tgan safar Lukakuga "CHelsi"da etarlicha imkoniyat berishmagan edi"
"CHelsi" sobiq yarim himoyachisi Frenk Lempard "Everton" hujumchisi Romelu Lukakuning ko'klar safiga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Romelu nimalarga qodirligini bilaman, chunki u bilan birga o'ynaganman. O'tgan safar Lukakuga "CHelsi"da etarlicha imkoniyat berishmagan. Klubdan ketganidan so'ng, Romelu o'sishga erishdi. SHu sababli "CHelsi"ga qaytish - yaxshi variant. U etibor qaratishi kerak bo'lgan yagona jihat, "CHelsi" - futbolchidan ko'prog'ini kutiladigan klub.
"CHelsi" Diego Kosta kabi har mavsum 20 ta gol uradigan futbolchini xarid qilishga urinishiga ishonaman" - deydi Lempard.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar