Lempard Luisning ketganiga izoh berdi
09 avg 2019 22:28
Yangiliklar


Lempard Luisning ketganiga izoh berdi
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard himoyachi David Luisning "Arsenal"ga o'tgani haqida gapirdi.
"So'nggi paytlarda bu borada ko'plab muzokaralar bo'lib o'tdi. Biz bir ovozdan David oldinga qarab intilishi kerakligi borasidagi qarorga keldik. Hozirda markaziy himoyamizda raqobat katta. Barcha muxlislar buni tushunishi kerak.
Luis ketdi va biz unga omad tilaymiz. U "CHelsi"ning tarixidagi katta bo'lak bo'la oldi. Oramizdan hech qanday yomon gaplar bo'lib o'tmadi. U uchun eng yaxshisi bo'lgani uchun bir necha kun mashg'ulotlarda qatnashmasligiga ruxsat berdim", - dedi Lempard.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar