Lempard Kloppning transferlar haqidagi gapiga javob berdi
14 sen 2020 10:20
Yangiliklar
Lempard Kloppning transferlar haqidagi gapiga javob berdi
Oldinroq Klopp "Liverpul"ning "CHelsi" kabi ko'p futbolchilarni sotib ololmasligini, Mersisayd klubi boshqacha ekanligini aytgan edi.
"Siz "Liverpul" o'yinchilarini ko'rishingiz mumkin - van Deyk, Alisson, Fabino, Keyta, Mane va Salah. Juda yuqori narxga ega ajoyib futbolchilar. "Liverpul" ularni malum bir davr mobaynida sotib olgan. Biz esa bu ishni taqiqdan so'ng amalga oshirdik va tarkibni kuchaytirish bilan vaziyatni o'nglashga urinyapmiz.
Biz "Liverpul"ning ayni damda yuqori darajada ekanligini bilamiz, ularda ajoyib o'yinchilar borligini ham. "Liverpul"ning qilgan aqlli ishi shundaki - ular bir necha yillar davomida o'z murabbiylari va tizimlariga ishonishdi. Bu ajoyib hikoya, ammo ular o'yinchilarga ko'p pul sarflashgan", - deydi Lempard.
→ Yurgen Klopp transferlar haqida: "Liverpul" o'zini "CHelsi" kabi tuta olmaydi"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Fikrlar