Lempard Kavanining transferi haqida gapirdi
20 jan 2020 22:25
Yangiliklar
Lempard Kavanining transferi haqida gapirdi
Londonning “CHelsi” klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard PSJ hujumchisi Edinson Kavanining transferi haqida gapirib o'tdi.
“Kavani ajoyib futbolchi, men unga qarshi o'ynaganman. Uning mentalileti, sportga bo'lgan munosabati menga yoqadi. Uning transferi bilan bog'liq vaziyat qanday davom etadi kuzatamiz. U tajribali futbolchi, tarkibmizdagi bir qator futbolchilar ham etarli tajribaga ega. Umumann olganda esa jamoamiz yosh, shu bois uning tajribasi bizga asqotishi mumkin. Bazida yosh futbolchilar maydonda tajribalilarning yordamiga muhtoj bo'lishadi”, deya Lempardning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Kavani 2013 yilning yozidan buyon PSJ tarkibida to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda urugvaylik futbolchi PSJ tarkibida barcha turnirlarda (14 ta uchrashuv) beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar