Lempard: "Jon deb jamoamga Xolandni olib kelgan bo'lardim"
20 may 2023 01:15
Yangiliklar
Lempard: "Jon deb jamoamga Xolandni olib kelgan bo'lardim"
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard tarkibiga Erling Xolandni qo'shib olishga rozi bo'lishini aytdi.
"Erling Xolandni qattiq hurmat qilaman. Bu erda ilk marta ishlayotganimda uni tarkibga olib kelishni istaganman. Rostdan ham, buni qattiq xohlaganman, biroq bu amalga oshmagandi. Istalgan paytda jon deb uni tarkibga olib kelishga rozi bo'lardim.
Unga tan berish kerak. Bunday darajadagi futbolchilarning o'yinini ko'rib, zavq olaman. Unga qarshi o'ynash mumkin, bunga reja va g'oyalar kerak. Ammo bunday darajadagi futbolchi istalgan paytda o'yinni o'zgartirib yubora oladi", - dedi Lempard.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar