Lempard: "Chelsi"ning asosiy transferi - Konte"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2017, 14:27
"Chelsi" sobiq yarim himoyachisi Frenk Lempardning so'zlariga ko'ra, ko'klar jamoa bosh murabbiyi Antonio Konteni tanlashda adashishmagan.

"Chelsi"ning asosiy transferi - Konte. Menimcha, aynan u o'tgan mavsum "Chelsi"da eng yaxshi bo'ldi. Futbolchilarni maqtab to'g'ri qilamiz, chunki ularning ko'pchiligi haqiqatdan ham katta ishni bajardi, ammo birinchi navbatda Konteni maqtash lozim.

Antonio o'yin sxemasini o'zgartirdi va 3 himoyachilik model soatdek ishlab ketdi. Konte "Chelsi"da qolishiga, klub esa unga kerakli futbolchilarni topib berishiga ishonaman" - deydi Lempard.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun