So’nggi yangiliklar

19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  1 19:50Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан, "Олимпик-MobiUz" "Локомотив" билан ўйнамоқда  0 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  0 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  0 18:04Қўқонда йирик ғалабага эришган мураббий, дубль қайд этган ҳужумчи, дербида дуранг ўйнаган посбон — Суперлигада 12-турнинг энг яхшилари  2 17:32Кафу: "Гаттузо – мукаммал танлов"  2 17:04Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади  1 16:38"Арсенал" иқтидорли футболчиси билан шартномани узайтиришга жиддий киришган  0 16:11Transfermarkt: Мозговой Неъматовга етиб олди, Сергеевнинг нархи 1 миллион бўлди   7 16:03"Насаф" Қаршида "Навбаҳор" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Тошкент вилоятида йиғинга киришди  3 15:05Винисиус Хаби Алонсо ҳақида қандай фикрда?  0 14:36Англиянинг 3 та клуби Гарначога қизиқмоқда  0 14:07"Барселона" Гави борасида бир қарорга келди  0

Lempard "CHelsi"ga gol urdi yoxud "Siti" - "CHelsi" 1:1 Yangiliklar

Lempard "CHelsi"ga gol urdi yoxud "Siti" - "CHelsi" 1:1

APL 5-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" – "CHelsi" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Manchester Siti – CHelsi 1:1
21 sentyabr, 20.00, Etixad Stedium
Gol:
SHyurlle 71, - 0:1 (Azar).Lempard 84, - 1:1 (Milner).
Manchester Siti –
Jo Xart, Sabaleta, Mangalya, Kompani, Kolarov (Lempard, 78), Yaya Ture, Fernandino (Xesus Navas, 73), Silva, Milner, Aguero, Jeko (Sanya, 69).
CHelsi – Kurtua, Ivanovich, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Ramires (SHyurlle, 62), Matich, Villian (Obi Mikel, 62), Fabregas, E. Azar, Kosta (Drogba, 86).
Ogohlantirishlar: Fernandino 12, Sabaleta 32, Ramires 34, Matich 38, David Silva 40, Yaya Ture 42, Diego Kosta 66, Ivanovich 76,
CHetlatish: Sabaleta 66

 
                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                           
YANGILASH

O'YIN TUGADI! "Siti" va "CHelsi" o'rtasidagi o'yinda g'olib aniqlanmadi. Saytimizni kuzatib borgan barchaga rahmat!

90+3.
Lempard jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berdi, noaniq

90+1.
Drogba belgilangan jarima to'pini osmooonga tepib yubordi

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi

88.
Lempard APLdagi o'zining 172-golini urdi. Umumiy ro'yxatda u beshinchi o'rinda Runi Frenkdan uchta ko'p gol urgan

86. O'zgarish. "CHelsi".
Diego Kosta o'rniga Drogba tushdi

85. Jeyms Milner chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, zaxiradan maydonga tushgan Lempard sobiq klubi darvozasini ishg'ol qildi va golini nishonlamadi - 1:1.

84. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GOOOOOOOL! LEMPARD!!!!! Yo'q "CHelsi" emas "Siti" gol urdi! 1:1

80. ZARBAAAAAAAAAAAAA! DIEGO KOSTA!!! Darvoza ustuni!

78. O'zgarish. "Siti".
Kolarov o'rniga Lempard

75. Ogohlantirish. "CHelsi".
Ivanovich

75. Xavfli vaziyat! SHyurllening jarimadan oshirib bergan to'pini Diego Kosta boshi bilan darvozaga yo'lladi, Jo Xart o'zini ko'rsatdi!

72. O'zgarish. "Siti".
Fernandino o'rniga Xesus Navas

71. Tezkor qarshi hujum, SHyurlle-Azar-Kosta-Azar kombinaciyasini SHyurllening o'zi yakunladi - 0:1.

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHYURLLEEEEEEEEEEEEEEE! 0:1

69. O'zgarish. "Siti".
Jeko o'rniga Sanya tushdi

66. Ana bo'masam!!! Diego Kosta va Sabaleta janjallashib qolishdi. Mayk Din ikkalasigayam sariq ko'rsatdi! Sabaleta uchun bu ikkinchisiga aylandi va maydonni tark etdi!

65.
O'yin shiddatli kechmoqda. To'qnashuvlar juda ko'p.

62. O'zgarish. "CHelsi".
Villian o'rniga Obi Mikel tushdi

61. O'zgarish. "CHelsi".
Ramires o'rniga SHyurlle tushdi

60.
Sabaleta o'ng qanotdan to'pni sheriklariga oshirdi, Kurtua uzun qo'llari bilan to'pni ushlab oldi

58.
Fabregas jarima to'pini amalga oshirdi, uning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

56. AGUEROOOOOOOOOOOOOO! KURTUUUUUUUUUUUUAAAA! Qoyil ikkalasigayam! Serxioning zarbasini Tibo bir amallab qaytardi!

54. ZARBAAAAAAAAAAA! Fernandino 16 metrlardan juda kuchli zarba berdi! Birozgina noaniq!

50.
Villianning pasidan so'ng Diego Kosta zarba berdi, o'yindan tashqari holatda turgan hujumchining zarbasini Xart qaytardi

50. Yaya Ture raqib jarima maydoni ichida Ivanovich bilan to'qnashib yiqildi, Mayk Din penalti belgilashni istamayapti bugun

49.
Jekoning faolligi tufayli hujum tashkil etildi, Aguero to'pga eta olmadi!

48. Zarbaaa! Serxio Agueroooo! Kurtua to'pni qaytardi

47.
"Siti" bo'limni hujumkor tarzda boshladi, burchak to'pi...

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

45+3. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi, lekin sariq kartochkalar juuuuda ko'p. 15 daqiqa dam olib yana shu erda "ko'rishamiz"

45+1.
Mana siz kutgan damlar etib keldi, Villian maydonda yotibdi, maydonga "CHelsi" shifokori yugurib chiqib keldi... biroz tanaffus))

45. Birinchi bo'limga yana 3 daqiqa qo'shildi

45. Xavfli vaziyayayayayat! Diego Kosta to'pga eta olmadi, agar, agar...

42.
Hakam tinmay ogohlantirish ko'rsatmoqda... yana bir sariq Yaya Turega ko'rsatildi

40. Ogohlantirish. "Siti".
David Silva

39.
"Siti" jarima to'piga ega bo'ldi, Silvaning pasini himoyachilar qaytarishdi

38. Ogohlantirish. "CHelsi".
Matich

36. Yaya Tureeeee! Ajoyib pas! Biroq Aguero to'pga eta olmadi

35. Diego Kosta yana himoyada yuribdi, hozir u Jekoni yiqitdi, hakam bu safar ham penalti uchun asos yo'q deb hisobladi

35. Ogohlantirish. "CHelsi". Ramires

34. Tezkor javob hujumi...Jekoning zarbasi yo'liga "CHelsi" vakillari to'g'anoq bo'lishdi

33. Azar jarima to'pini amalga oshirdi, to'p himoyachilarning birining qo'liga tegdi...hakam ko'rmadi, yoki atayin qilinmagan deb hisobladi

32. Ogohlantirish. "Siti". Sabaleta

32. Azar Sabaleta tomonidan yiqitildi xavfli jarima to'pi

32. Tibo Kurtua to'pni o'z darvozasi oldidan tepishda bilinar bilinmas tarzda vaqt cho'zmoqda, sababi raqib juda hujumkor o'ynamoqda, bu tatik usul

30. ZARBAAAAAAAAAAA! AGUEROOOOOOOOO! Noaniq!

28. Pellegrini va Mourino tik oyoqda o'yinni kuzatishmoqda, o'z shogirdlariga imkon bo'ldi deguncha ko'rsatma berishmoqda

26. "Siti" - "CHelsi" 6:0...burchak to'plari bo'yicha, hisob esa 0:0

24. O'yin davom etayotgan vaqtda uchrashuvning eng sara fotolarini ham kuzatib borish imkoniga egasiz.
LIVE FOTOGALEREYA


21. "CHelsi" o'yin boshidan buyon ilk bor pozicion hujumga o'tmoqda, to'p "Siti" yarim maydonida ushlanib turibdi

19. Kolarov va Ivanovich to'qnash kelishdi, bu APL uchun oddiy holat

18. Operatorlar yana Mourni ko'rsatishmoqda...Galstuklari ham o'zgacha ekan...Pellegrini joyida o'tiribdi...

16. Villian markazda ikki raqibdan qochib ketdi va jarima to'pi ishladi. Keyingi vaziyatda Diego Kosta va Kompani to'p uchun shunaqangi kurashishdiki asti qo'yaverasiz. Hakam o'yinni to'xtatishga majbur bo'ldi

14. Mana statistika ham chiqdi, 5:0 burchak to'plari bo'yicha

13. Mezbonlar ketma-ket burchak to'plariga ega bo'lishmoqda...

12. Ogohlantirish. "Siti". Fernandino

10. Futbolchilar bir birlarini ayayotganlari yo'q, keskin to'qnashuvlar kuzatilmoqda. Aguero maydonda yotibdi unga shifokorlar yordam berishmoqda. Muxlislar "CHelsi" futbolchilari kichik jarohat olishlarini kutishayotgan bo'lishsa kerak) Sababini tushungan tushundi...

9. Burchak to'pidan so'ng Yaya Ture boshi bilan darvozaga zarba berdi, Kurtua o'z joyida

7. "CHelsi" oldinga o'tdi, ammo deyarli hech nima sodir eta olmadi. Javob hujumidan so'ng Jeko zarba berdi himoyachilarga tekkan to'p maydonni tark etdi.

5. "Siti" burchak to'pini amalga oshirdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. Diego Kosta hujumdan ko'ra himoyada ko'proq o'ynamoqda...

4. Qimmat kastyum shimlarni "qo'ndirib" olgan Mourino jahldor kayfiyatda uyoqdan buyoqqa yurdi. O'yinning boshi unga yoqmagani aniq

3. Yana to'p uzatilishi, o'ngdan Sabaleta oshirdi, Aguero boshi bilan zarba berdi, noaniq!

3. Aguero burchak to'pi ishlab oldi, jarim maydoniga uzatilgan to'pni Diego Kosta qaytarib yubordi

2. "Siti" o'yinni hujum bilan boshladi. Silva jarima to'pini amalga oshirdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi

O'YIN BOSHLANDI! Ikkala jamoaga omad!

- 4ta o'yindan 4tasini yutgan "CHelsi" peshqadam, 4ta o'yindan 7 ochko to'plagan "Siti" 7-o'rinda...

- Amaldagi Angliya chempioni "Manchester Siti" o'z maydonida Londonning "CHelsi" klubini qabul qiladi. Bu o'yinni sizlarga Narzulla Saydullaev etkazadi. Bundan oldingi o'yindagi kabi o'yin gollarga boy bo'lishiga umid qilamiz

- Assalomu alaykum yana bir bor qadrli futbol muxlislari. Angliya premer ligasining 5-turidan o'rin olgan eng markaziy bahs boshlanmoqda....

- O'yin soat 20:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика