Lempard: “Adolatli tarzda g'alabaga erishdik”
26 iyu 2020 07:45
Yangiliklar


Lempard: “Adolatli tarzda g'alabaga erishdik”
“CHelsi” ustozi “Manchester Siti” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Maydonning har bir qarichida ishlashimiz kerak edi. Himoyada qattiq kurashdik va yaxshi imkoniyatlar yarata oldik. Ushbu o'yinga qadar to'pga egalik qilishda foizdagi ko'rsatkichimiz juda yuqori edi, ammo bu safar muammolarga duch keldik. Qiyin vaziyat vujuda keldi. Ular “yolg'on to'qqizlik” futbolchi bilan o'ynadi, shuning uchun maydon markazida raqibning futbolchilari ko'p bo'ldi. Tanaffusdan so'ng bazi narsalarni o'zgartirish kerak bo'ldi. Ikkinchi bo'limning dastlabki 20 daqiqasi qiyin o'tdi, umuman olganda esa adolatli tarzda g'alaba qozondik deb o'ylayman”, — deydi Lempard.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar