Lemar uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
11 may 2021, 01:22
"Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemar "Barselona"ga qarshi o'yinda son qismidan jarohat olgandi.

Hozircha klub matbuot xizmati uning qachon safga qaytishini ma'lum qilmagan. Biroq u katta ehtimol bilan mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi. Ushbu mavsum yakunlanishiga 3 o'yin qolgan. Shundan keyin jamoa navbatdagi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

Ushbu mavsumda 25 yoshli xavbek barcha turnirlarda 36 o'yinda qatnashib, 2 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia