Lemar joriy mavsumida bitta ham samarali harakatni amalga oshirmadi. “Atletiko” uni 70 mln evroga sotib olgandi
20 iyu 2020 08:14
Yangiliklar


Lemar joriy mavsumida bitta ham samarali harakatni amalga oshirmadi. “Atletiko” uni 70 mln evroga sotib olgandi
“Atletiko Madrid” La Liga 38-turida “Real Sosedad”ga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Madrid klubi safida Toma Lemar maydonga tushmadi. Franciyalik futbolchi zaxirada qoldi. Ortda qolgan mavsum davomida Lemar birorta ham samarali harakatni amalga oshirmadi. U La Liga doirasida 22 ta o'yinda qatnashdi. Maydonda esa o'rtacha 42 daqiqadan harakat qildi. CHempionlar Ligasida esa 7 ta o'yinda qatnashgan.
Qayd etish joiz, “Atletiko” Lemarni sotib olish uchun 2018 yilda “Monako”ga 70 mln evro to'lagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar