"Legiya" bosh murabbiyi Yaxshiboev haqida fikr bildirdi
14 fev 2021 18:31
Yangiliklar


"Legiya" bosh murabbiyi Yaxshiboev haqida fikr bildirdi
Bosh murabbiyga Jasur Yaxshiboev haqida ham savol berildi.
- Jasurbek Yaxshiboev? Undan umidimiz katta. Uning qanday o'yinchi ekanini bilamiz, to'g'ri hali maydonda uni ko'rmadik. Tibbiy ko'rikdan tezroq o'tishiga umid qilaman. Umid qilamanki, barchasi yaxshi bo'ladi. Boshidanoq undan mo'jiza kutmayapman. Jasur yangi joy va muhitga moslashishi kerak. Yangi do'stlari bilan tanishib olishi va nimalarga qodirligini ko'rsatishi uchun vaqt kerak. Uning o'yinlaridan tayyorlangan videolarni ko'rdim va kelajakka optimistik ruhda qarayapman. Umid qilamanki Yaxshiboev bizga ko'p yordam beradi.
- U bir nechta poziciyalarda o'ynay oladi. 4-3-3 sxemasida vinger sifatida, bizning yangi variantimizda esa Bartosh Kapustka yoki Lukinyasning o'rnida o'ynashga qodir. Hujumdagi istalgan nuqta uning uchun begona emas, - deydi CHeslav Mixnevich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar