So’nggi yangiliklar

11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  8 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  1 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1

LegionerUz. Yakshanba Haydarov uchun ataldi. Amirliklarda bugun o'zbek derbisi bor, ammo Sergeev o'ynamasligi mumkin Yangiliklar

LegionerUz. Yakshanba Haydarov uchun ataldi. Amirliklarda bugun o'zbek derbisi bor, ammo Sergeev o'ynamasligi mumkin

Amirlik chempionatida to'rt nafar o'zbekistonlik futbolchi bor. Katta ehtimol bilan ularning soni 1 taga qisqarishi mumkin. Bu haqda biroz keyinroq.

Kecha — 21 yanvar kuni BAA oliy divizionida 13-tur bellashuvlari start oldi va u Aziz Haydarov to'p surayotgan “Ajman” uchun omad keltirdi. Ketma-ket to'rt turdan buyon raqiblarini mag'lub eta olmayotgan va shularning 3 tasida imkoniyatni boy bergan “Ajman” so'nggi bor 7 dekabr kuni zafar quchgandi. Oradan chamasi 1,5 oy vaqt o'tib, “SHabab Al-Ahli” klubi taslim qilindi — 2:1.

Shabab Al-Ahli Dubai FC

Ismail Al Hamadi - 80'

Arabian Gulf League . 13-tur

21/01/2018, 19:45

2
:
1
Tugadi

Ajman

Modibo Maiga - 14', Mohammed Hilal Khalifa - 40'

45'
90'
46'  Saoud Abdulrazaq (Saeed Jassim Saleh)
68'  Waleed Ambar (Chang-Jin Moon)
80'  Ismail Al Hamadi
86'  Ismail Al Hamadi (Rashid Hassan)
14'  Modibo Maiga
14'  Azizbek Haydarov
26'  Abdullah Malalla
40'  Mohammed Hilal Khalifa
46'  Mohammed Ali Shaker (Mohammed Sebil)
51'  Hamad Khalid Ali
77'  Azizbek Haydarov
81'  Mohammed Hilal Khalifa (Mohammad bin Yousuf Bin Yousuf)
82'  Modibo Maiga
85'  Mohammad bin Yousuf Bin Yousuf
90'  Azizbek Haydarov (Jasem Ali Mohamed Faqer)

“Ajman” 32 yoshli Haydarov bilan shartnoma tuzib, yanglishmagan bo'lib chiqyapti. Liga debyutanti safida 12 ta o'yinda maydonga tushgan Haydarov hozirgacha jamoasi uchun 1 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi. Kechagi o'yinda aynan Haydarovning pasidan so'ng hisob ochilgani etiborga molik.

Qayd etish kerak, “SHabab Al-Ahli”ga qarshi 1-davra o'yini muvaffaqiyatsiz o'tib, “Ajman” o'z uyida engilgandi — 1:3. O'sha Bellashuv Haydarovning 22-daqiqadagi sariq kartochkasi bilan yodda qoldi. Oradan 4 oy o'tib, “Ajman” mag'lubiyat o'chini oldi. Faqatgina chempionat tasnifida olib qaralsa, misrlik Ayman Ar-Radamiy boshqarayotgan klub besh turdan buyon mag'lub bo'lmayapti: 3 ta durang va 2 ta g'alaba.

Bugun oqshomda o'zbek derbisi bo'lib o'tadi. Unda Otabek SHukurov harakat qilayotgan “SHarja” klubi Igor Sergeevning “Al-Dafra”sini qabul qiladi. Har ikki futbolchi yangi klubi bilan 1 tadan o'yinda ishtirok etib ulgurdi va 90 daqiqadan harakat qildi. Biroq bugun Igor Sergeev katta ehtimol bilan jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin. Hujumchining aytishicha, unda kichik jarohat bor. Keyingi turga qadar Igor tiklanib olishga harakat qiladi.

Otabek SHukurov esa bo'lajak o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapti. Uning xorijdagi yangi hayotiga ko'mak berish uchun Amirliklarga birga jo'nab ketgan o'zbekistonlik Bobur Mirazizov “SHarja” bosh murabbiyi Abdulaziz Muhammadga qanchalar o'xshab ketishini quyidagi suratlardan ham bilib olish mumkin. Xullas, SHukurovda zerikish umuman yo'q.

Otabekning “SHarja” safiga qo'shilishi ancha omadli chiqqani malum. Avvaliga jamoa kuchli to'rtlikda borayotgan “An-Nasr” ustidan safarda zafar quchdi. Keyin esa President Cup doirasida Haydarov to'p suradigan “Ajman”ni taslim qildi — 2:0. Bu anana bugun ham davom etadimi yoki yo'q — kuzatamiz.

Malumot uchun, sharjaliklar 1-davra o'yinida “Al-Dafra” maydonida 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Agar bugun “SHarja” zafar quchsa, ochkolar soni bo'yicha “Ajman” bilan tenglashib oladi. Sergeev jamoasining qo'li baland kelsa, ular turnir jadvalida xavfli zonadan chiqib oladi.

Sardor Rashidov to'p surayotgan “Al-Jazira” 13-turni 24 yanvar kuni “Dibba Al-Fujayra” klubiga qarshi o'tkazadi. Futbolchining Amirliklarni tark etishi mumkinligi haqida norasmiy malumotlar bor. Ammo hozircha Sardor buni tasdiqlashni istamadi.

Rashidov haqida aytish mumkin bo'lgani, u Instagram sahifasiga verified ko'rinishiga keltirdi. Yani, aynan o'ziga tegishli sahifani rasman tasdiqlab oldi.

“Agar Instagram’ga kirib, Sardor Rashidov deb yozsangiz, 20 ga yaqin akkaunt chiqib keladi. SHuning uchun ham o'z sahifamni tasdiqlatib oldim. Endi shubhalarga o'rin qolmaydi. Bu borada ispaniyalik do'stlarim yordam berdi”, — deb takidladi Rashidov. Bizningcha, Rashidov bunday belgiga etibor qaratgan o'zbekistonlik ilk futbolchi bo'ldi. 

Amirlik chempionatining turnir jadvalida “Al-Dafra”ga etibor qaratish mumkin. Sergeev jamoasi so'nggi o'rindan yuqoriga ko'tarila oladimi yoki yo'q — asosiy masala shu. Qolganlar esa bir-biriga ancha yaqin joylashgan.

Championat.asia statistikasi

Muallif :
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика