So’nggi yangiliklar

08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  0 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  1 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  4 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  1 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  5 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  6 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  14 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5

LegionerUz. “SHanxay SIPG” mavsumni 8 ta gol urish bilan boshladi. Ahmedovda 2 ta golli uzatma bor Yangiliklar

LegionerUz. “SHanxay SIPG” mavsumni 8 ta gol urish bilan boshladi. Ahmedovda 2 ta golli uzatma bor

2 mart kuni CHin o'lkasida ham yangi futbol mavsumi start oldi. Sizga malumki, bu erda o'zbekistonliklardan Anzur Ismoilov hamda Odil Ahmedov to'p suradi.

“CHanchun Yatay”

Himoyachi Anzur Ismoilov 2011 yildan buyon 1 ta klub sharafini himoya qilib kelyapti. Aziz Haydarov Amirliklarga qanday moslashib ketgan bo'lsa, Ismoilov o'zi uchun Xitoyni shunday qabul qila oldi, deyish mumkin. Uning jamoasi “CHanchun Yatai” chempionatni “SHanxay SHenxua”ga qarshi o'yin bilan boshladi. O'tgan mavsum Karlos Tevesni olib kelib, katta shov-shuv ko'targan jamoa, o'sha yilning o'zidayoq fantastik summa olayotgan argentinalik hujumchi bilan xayrlashib qo'ya qoldi.

“CHanchun Yatay” bilan o'yinda mezbonlar kolumbiyalik Jovanni Moreno, Freddi Guarin hamda paragvaylik Oskar Romero kabi legionerlar xizmatidan foydalandi. Guarin “Inter” va “Portu”dagi faoliyati orqali yaxshi tanish. Mehmonlar safida esa Ismoilovdan tashqari nigeriyalik hujumchi, “Granada” va “Uotford”dagi o'yinlari bilan tanilgan Odion Igalo harakat qildi. Bellashuv 1:1 hisobida yakuniga etdi. 90 daqiqa maydonda bo'lgan Ismoilov o'yinning 11-daqiqasiga kelib ogohlantirish ishlab oldi. 

Shanghai Shenhua

Oscar Romerooo - 28'

Super League . 1-tur

02/03/2018, 16:35

1
:
1
Tugadi

Changchun Yatai

Xiaodong Fan - 62'

Stadion: Hongkou Football Stadium, 21098 tomoshabin

Bosh hakam: Kun Ai

45'
90'
28'  Oscar Romerooo
28'  Ruofan Liu
54'  Shilin Sun
67'  Yunqiu Li (Lin Wang)
73'  Ruofan Liu (Zhen Cong)
87'  Shilin Sun (Xiaoming Li)
11'  Anzur Ismailov
31'  Rui Yu
37'  Odion Ighalo
44'  Dadi Zhou
46'  Dadi Zhou (Zhenyu Du)
62'  Xiaodong Fan
76'  Chao He
87'  Li Zhang (Guangwen Li)
89'  Long Tan (Zilong Han)

Ismoilov bir necha yillardan buyon jamoasining asosiy himoyachisi bo'lib keladi. Tez orada uning shartnomasi, boshqa rejalari masalasiga ham oydinlik kiritishga harakat qilamiz.

“SHanxay SIPG”

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori harakat qiladigan “SHanxay SIPG” bir yil avval Skolarining “Guanjou Evergrand” klubiga jiddiy qarshilik ko'rsatib, ligani vice-chempion sifatida yakunlagan, CHempionlar Ligasida esa yarim finalga qadar etib borgandi.

“Jamoa o'tgan mavsum harakat qilgan futbolchilarni saqlab qoldi. Bu holat mavsumni muvaffaqiyatli boshlay olishimiz uchun muhim edi. CHunki endi yigitlar bir-birini yanada yaxshiroq tushunib harakat qilish imkoniyatiga ega”, — deydi Odil Ahmedov.

SHanxayliklar Xitoy Superligasi startiga qadar 3 ta rasmiy o'yinda ishtirok etib ulgurdi va ularning barchasida zafar quchdi. Avvaliga tay klubi ustidan qozonilgan minimal hisobdagi g'alaba shanxayliklarni CHempionlar Ligasining guruh bosqichiga olib chiqdi. Keyin esa safarda Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” klubi 1:0 hisobida taslim qilindi. Avstraliyaning “Melburn Viktori” klubi postiga esa 4 ta gol urildi — 4:1.

Ahmedov ularning barchasida harakat qildi. Bu safar “SHanxay SIPG” mavsumni o'ta yirik g'alaba bilan boshlay oldi. Yaqindagina “Atletiko” futbolchilari bo'lgan Yannik Ferreyra Karrasko hamda Nikolas Gaytanni qo'lga kiritgan “Dalyan Yifang” klubiga qarshi o'yinda 8:0 hisobi qayd etildi.

Shanghai Port

Oscar - 1', Oscar - 24', Hulk - 37', Lei Wu - 60', Lei Wu - 65', Oscar - 75', Lei Wu - 83', Wenjun Lyu - 84'

Super League . 1-tur

03/03/2018, 16:35

0
:
8
Tugadi

Dalian Professional FC

Stadion: Shanghai Stadium, 21813 tomoshabin

Bosh hakam: Xing Guan

45'
90'
1'  Oscar
1'  Jinghang Hu
24'  Oscar
37'  Hulk
60'  Lei Wu
60'  Oscar
63'  Jinghang Hu (Wenjun Lyu)
65'  Lei Wu
65'  Oscar
75'  Oscar
75'  Hulk
80'  Huikang Cai (Binbin Chen)
80'  Oscar (Huachen Zhang)
83'  Lei Wu
83'  Binbin Chen
84'  Wenjun Lyu
84'  Hulk
66'  Guowen Sun (Yaopeng Wang)
66'  Jinxian Wang (Shuai Li)
81'  Jose Fonte (Shanping Yang)
89'  Ting Zhou

“Xitoyda asosiy ishni legioner futbolchilar bajaradi. SHuning uchun ham har bir klub safida saviyali kamida 4 tadan legioner bor. Biroq yaxshi o'ynay oladigan xitoyliklar ko'p emas. Borlari mamlakatning 6—7 ta klubiga bo'linib ketgan va aynan o'sha jamoalar chempionlik uchun harakat qiladi. CHunki siz ming harakat qilganingiz bilan, agar mahalliy futbolchilar shunga munosib javob bermasa, natija qilish qiyin. Kecha ham shunga guvoh bo'ldik. “Atletiko”dan 2 ta tajribali futbolchilar olib kelingan bo'lsa-da, raqib baribir hech narsa qila olmadi. CHunki uning safidagi mahalliy futbolchilar baribir talab darajasida emas”, — deb so'zini davom ettirdi Ahmedov.

Milliy terma sardori 90 daqiqa harakat qildi. Bellashuvda Vu Lei hamda Oskar xet-trik qayd etdi. Ahmedov har ikki futbolchining 1 tadan goliga pas bergani bilan yodda qoldi.

Championat.asia statistikasi

Ahmedov va Ismoilov O'zbekiston termasining asosiy futbolchilari hisoblanadi. Ular Marokash yig'iniga jalb etilgani sizga malum. Mart oyi ekvatoriga qadar ular yaxshi sport formasiga chiqib ulguradi.

Muallif :
Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика