So’nggi yangiliklar

17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  2 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  3 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12

LegionerUz. Amirlik chempionatida sensacion natija: Otabek SHukurov jamoasi peshqadam “Al-Ayn”ni taslim qildi Yangiliklar

LegionerUz. Amirlik chempionatida sensacion natija: Otabek SHukurov jamoasi peshqadam “Al-Ayn”ni taslim qildi

Amirlik chempionatida to'p surayotgan o'zbekistonlik legionerlar 17-turda turlicha natija qayd etdi.

Igor Sergeev

Igor Sergeev harakat qiladigan “Al-Dafra” klubi safarda “An-Nasr” bilan bellashib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'zbekistonlik hujumchi “Dafra”ning so'nggi o'yinida Amirlik chempionatidagi debyut golini urishga erishgandi. Bu safar u 63-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi. 

Al-Nasr SC

Joan Oumari - 58'

Arabian Gulf League . 17-tur

23/02/2018, 18:35

0
:
1
Tugadi

Al-Dhafra

45'
90'
58'  Joan Oumari
66'  Ahmed Ibrahim Al Yassi
77'  Jassim Yaqoob (Rashed Mohamed Omer)
90'  Marcelo Cirino (Masoud Sulaiman Ahmed)
23'  Hamad Al Marzoqi
62'  Hamad Al Marzoqi (Abdullah Alseiari)
63'  Igor Sergeev
65'  Hasan Al Hammadi (Ali Ibrahim)
71'  Hamad Al Hammadi
84'  Fernando Viana (Abdulla Al Jaberi)

“Al-Dafra” turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi. Bu esa xavfli zona degani. Jamoa Sergeevsiz kechgan 1-davra o'yinida ham “An-Nasr”dan engilgandi — 1:2. Endi jamoa navbatdagi turni 1 mart kuni Aziz Haydarov to'p suradigan “Ajman” maydonida o'tkazadi. SHu kuni Haydarovning zimmasida Sergeevni qo'riqlash vazifasi bo'lsa ham ajablanmaymiz.

Aziz Haydarov

Liga debyutanti maqomini saqlab turgan “Ajman” mazkur turda so'nggi o'rinni egallab turgan jamoa maydonida durang o'ynadi. SHu tariqa klub yuqoriga ko'tarila olmadi. Biroq o'z poziciyasiga yanada mustahkamroq joylashdi.

Emirates Club

Jong-Woo Park - 49'

Arabian Gulf League . 17-tur

24/02/2018, 18:30

1
:
1
Tugadi

Ajman

Modibo Maiga - 76'

45'
90'
49'  Jong-Woo Park
73'  Abdelghani Mouaoui (Khaled Khamis)
82'  Khaled Ambar Esmaeel (Hassan Abdulrahman)
88'  Abdulla Musa
90'  Youssef Kalfa (Ahmed Mallah)
46'  Abdullah Malalla (Mohammad bin Yousuf Bin Yousuf)
56'  Mohammed Hilal Khalifa (Mohamed Ahmed Al Antaly)
76'  Modibo Maiga
76'  Mohammad Yaqoob Abass
90'  Bakary Kone (Hassan Zahran)

Ajmanliklar “Emireytes” klubiga qarshi ilk davra o'yinida 3:2 hisobida ustun kelgandi. Har ikki o'yinda ham Haydarov to'liq o'ynadi. Yuqorida aytilgani kabi jamoa navbatdagi turda Sergeev to'p surayotgan klubni qabul qiladi.

Otabek SHukurov

Yaqindagina “Bunyodkor”ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan “SHarja” klubi, chempionatning 17-turida sensacion natija qayd etdi. Mavsumni mag'lubiyatsiz o'tkazayotgan “Al-Ayn” futbolchilarining mag'lub etilishi mahalliy OAV tomonidan katta shov-shuv bilan qarshi olindi.

Sharjah Cultural Club

Vander - 4', Vander - 66', Lulinha - 88'

Arabian Gulf League . 17-tur

24/02/2018, 21:15

1
:
3
Tugadi

Al-Ain

Omar Abdulrahman - 15'

45'
90'
4'  Vander
24'  Saif Rashid Nasir
61'  Mohamed Jaber
66'  Vander
74'  Vander
79'  Vander (Lulinha)
84'  Saif Rashid Nasir (Hamad Jasim)
87'  Adel Al Hosani
88'  Lulinha
88'  Welliton
90'  Yousif Saeed Juma (Majid Surour)
15'  Omar Abdulrahman
41'  Amer Abdulrahman
46'  Amer Abdulrahman (Ahmed Khalil)
59'  Mohammed Ahmad (Bandar Al Ahbabi)
72'  Rayan Yaslam Al Jaberi (Marcus Berg)

Umar Abdulrahmon 15-daqiqada hisobni tenglashtirgach, barchasi joyiga tushishi kerakdek edi. Biroq SHukurov jamoadoshlari keyin yana 2 ta gol urib, 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Amirlik chempionatida yuzaga kelgan tanaffus “SHarja” foydasiga ishlagani ko'rinib turibdi. “Al-Ayn” esa CHempionlar Ligasida ham javlon urib, ko'rinishidan biroz toliqqan. Yoki yulduzli tarkib shunchaki raqibini mensimay harakat qilgan.

“SHarja” 6-o'ringa ko'tarildi. Navbatdagi yurish jamoani “Al-Jazira” bilan tenglashtirishi ham mumkin. Buning uchun yaxshi imkoniyat bor. Zero “SHarja” kelasi turni autsayder — “Emireytes” maydonida o'tkazadi. So'nggi 6 ta o'yinning 4 tasida zafar quchgan “SHarja” 1-davrada ham “Al-Ayn” bilan teng bellashib, 3:3 hisobida durang o'ynagandi.

Championat.asia statistikasi

Amirlik chempionatida to'p surayotgan o'zbekistonliklar deyarli har o'yinda 90 daqiqadan to'p tepmoqda. Milliy termaning Senegal va Marokashga qarshi o'yinlariga esa faqatgina Otabek SHukurov jalb qilindi, u hozir yaxshi formada. Aziz Haydarov va Server Jeparovni Kapadze bezovta qilishni istamadi. Sergeev esa termaga qaytishi uchun unga munosib ekanini yana bir karra isbotlab berishi shart. Balki buning uchun u jamoasini ham almashtirishi kerak bo'lar...

Muallif :
Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика