So’nggi yangiliklar

21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  0 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  3 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  17 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  24 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1

Legionerlarimiz. SHomurodov jamoasidan dahshatli kambek. CSKA esa Abbosning pasi evaziga peshqadamni mag'lub etdi Yangiliklar

Legionerlarimiz. SHomurodov jamoasidan dahshatli kambek. CSKA esa Abbosning pasi evaziga peshqadamni mag'lub etdi

Hafta yakunida legionerlarimiz o'z jamoalari safida uchrashuvlarda ishtirok etishdi. Biz esa legionerlarimizning faoliyatiga nazar tashlaymiz.

Eldor SHomurodov - "Kalyari"

"Kalyari" jamoasi Italiya A Ceriyasining 10-tur bahsini "Frozinone" jamoasiga qarshi o'tkazdi va uchrashuvning ikkinchi bo'limida dahshatli kambek amalga oshirdi. 50-daqiqada 3:0 hisobida mag'lub bo'layotgan Klaudio Raneri jamoasi 4ta gol urib irodali g'alabaga erishdi. SHomurodov "Salernitana"ga qarshi uchrashuvda golli pas berganiga qaramay, "Frozinone"ga qarshi kechgan uchrashuvda zaxirada qoldirildi. Qo'shib berilgan daqiqalarda Pavolettining dubli "Kalyari"ga mavsumdagi birinchi g'alabani taqdim etdi.

29.10.2023 "Kalyari" - "Frozinone" 4:3

Gollar: Sule 23,37, Breshianini 49, Oristanie 72, Pavoletti 90+4, 90+6.

Keyingi uchrashuv: 02.11.2023 "Udineze" - "Kalyari"

Abduqodir Husanov - "Lans"

Franciya chempionatining 10-turida Husanovning jamoasi "Lans" o'z o'yida "Nant" jamoasi qarshi maydonga chiqdi. "Lans" 4:0 hisobida raqibini engdi. Yirik hisobda yakun topgan uchrashuvda hamyurtimiz maydonga tushmadi.

29.10.2023 "Lans" - "Nant" 4:0

Gollar: Sotoka 27,72, Medina 58, El-Aynaui 89

Keyingi uchrashuv: 04.11.2023 "Loryan" - "Lans"

Abbosbek Fayzullaev - CSKA

Rossiya Premer-ligasi 13-tur bahsida "armiyachilar" jamoasi musobaqa jadvali peshqadami "Krasnodar"ga qarshi o'yin o'tkazdi. Kurashlarga boy kechgan uchrashuvda Fayzullaev 90 daqiqa harakat qildi va uchrashuvdagi yagona golga assistenlik qildi. Aynan hamyurtimizning pasidan so'ng CSKA forvardi Fedor CHalov gol urdi va jamoasiga uch ochko keltirdi.

29.10.2023 CSKA - "Krasnodar" 1:0

Gollar: CHalov 41

Keyingi uchrashuv: 02.11.2023 CSKA - "Orenburg"

Umarali Rahmonaliev va Rustam Ashurmatov - "Rubin"

"Rubin" Premer-ligasining so'ngi turida o'z o'yida "Baltika"ni qabul qildi. Mezbonlar qiyin g'alabaga erishgan uchrashuvda. Rustam Ashurmatov 90+2 daqiqada maydonga tushdi, Umarali Rahmonaliev esa zaxirada qoldirildi.

27.10.2023 "Rubin" - "Baltika" 1:0

Gollar: Valda 89

Keyingi uchrashuv: 06.11.2023 "Ural" - "Rubin"

P.S: "Rubin" jamoasi hafta o'rtasida Rossiya kubogida doirasida Moskvaning "Lokmotiv"ga qarshi o'yin o'tkazdi va 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu bahsda ikki hamyurtimiz ham asosiy tarkibda o'yinni boshlashdi.

Jaloliddin Masharipov - "Panserraykos"

Masharipov yangi jamoasida debyut uchrashuvini o'tkazdi. Greciya Superligasining 9-turida "Panserraykos" chempionat favoritlaridan biri "Panatinaikos"ga qarshi bahs olib bordi va yirik 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Terma jamoamiz azosi 64-daqiqada maydonga tushdi.

29.10.2023 "Panatinaikos" - "Panserraykos" 5:0

Gollar: Sporar 1,43, Delligianniidis 10(avtogol), Gnezda 57, Manchini 77

Keyingi uchrashuv: 06.11.2023 "Panserraykos" - "Ofi"


Azizjon G'aniev - "SHabab Al-Ahli"

"SHabab Al-Ahli" jamoasi BAA chempionatining 6-turida "Al-Nasr"ga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Hamyurtimiz Azizjon G'aniev uchrashuvni to'liq o'tkazdi.

27.10.2023 "SHabab al-Ahli" - "Al-Nasr" 3:3

Gollar: Renan 15, Kartabiya 41, Al-G'assoni 50, Gabbyadini 23, Agudelo 60, Hamza 66

Keyingi uchrashuv: 03.11.2023 "Ittihod Kalba" - "SHabab al-Ahli"

Igor Sergeev - "Patum Yunayted"

Tailand ligasining 9-turida "Patum Yunayted" "Buriram"ga qarshi o'yin o'tkazdi. Nursiz durang qayd etilgan uchrashuvda hujumchimiz to'liq o'yin amaliyotiga ega bo'ldi.

29.10.2023 "Buriram Yunayted" - "Patum Yunayted" 0:0

Keyingi uchrashuv: 07.11.2023 "Kavasaki Frontale" - "Patum Yunayted"


Otabek SHukurov - "Fatix Karagyumryuk"

"Fatix Karagyumryuk" Turkiya Superligasining 10-turida o'z o'yida "Trabzonspor" jamoasini qabul qildi va durang qayd etdi. Gollar urilmagan bahsda hamyurtimiz 64-daqiqada Sofyan Feguli o'rniga maydonga tushdi.

29.10.2023 "Fatix Karagyumryuk" - "Trabzonspor" 0:0

Keyingi uchrashuv: 05.11.2023 "Konyaspor" - "Fatix Karagyumryuk"


Bobir Abdixoliqov va SHahboz Umarov — "Ordabasi"

Qozog'iston chempionatida muddatdan avval chempionlikni nishonlagan hamyurtlarimiz. Qozog'iston chempionatining so'ngi turida "Kaspiy" jamoasi mehmoni bo'ldi va 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Etakchilarga dam berilgan uchrashuvda Bobir Abdiholiqov 81-daqiqada maydonga tushdi. "Ordabasi" jamoasini oldinda kubok final bahsi kutib turibdi. Qozog'iston kubogi finalida "Ordabasi" Sergeevning sobiq jamoasi "Tobol"ga qarshi maydonga chiqadi.

29.10.2023 "Kaspiy" - "Ordabasi" 1:0

Gollar: Avrich 75(penalti)

Keyingi uchrashuv: 04.11.2023 "Ordabasi" - "Tobol"


Ibrohimhalil Yo'ldoshev va Ruslan Jiyanov — "Pari NN"

Premer-liga 13-tur bahsida "Pari NN" jamoasi o'z o'yida "Sochi"ni  qabul qildi va kichik hisobda g'alaba qozondi. Yo'ldoshev hamda Jiyanov ushbu uchrashuvda zaxirada qoldirildi.

29.10.2023 "Pari NN" - "Sochi" 1:0

Gollar: Kalinskiy 39

Keyingi uchrashuv: 02.11.2023 "Dinamo Moskva" - "Pari NN"

Rustam Turdimurodov — "Energetik-BGU"

Belarus chempionatiga ko'chib o'tgan yosh futbolchimiz, o'zbekistonlik futbolchilar uchun begona bo'lmagan "Energetik-BGU" safida faoliyat olib bormoqda. Universitet jamoasi so'ngi bahsini "Smorgon"ga qarshi o'tkazdi va 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Rustam Turdimurodov joriy uchrashuvning 38-daqiqasida maydondan chetlatildi.

27.10.2023 "Energetik-BGU" - "Smorgon" 2:4

Gollar: Kabachevskiy 13,90+1, Barkovskiy 33, Gorbach 55, Dukso 79, Turich 86

Keyingi uchrashuv: 05.11.2023 "Belshina" - "Energetik-BGU"


Jahongir O'rozov — "Eyupspor"

Arda Turan boshchiligidagi "Eyupspor" jamoasi Turkiya birinchi ligasidagi so'ngi uchrashuvini "Bandirmaspor" jamoasiga qarshi o'tkazdi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Yosh himoyachimiz zaxira o'rindig'ida qoldirildi.

29.10.2023 "Eyupspor" - "Bandirmaspor" 0:1

Gollar: Yozefson 81,

Keyingi uchrashuv: 05.11.2023 "Eyuspor" - "Adanaspor"


Husniddin Aliqulov — "Rizespor"

Turkiya Superligasining 10-tur bahsida Husniddin Aliqulovning jamoasi chempionat favoritlaridan biri "Galatasaroy"ga qarshi o'yin o'tkazdi. Aliqulov maydonga tushmagan uchrashuvda "Rizespor" 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

28.10.2023 "Rizespor" - "Galatasaray" 0:1

Gollar: Oliveyra 61

Keyingi uchrashuv: 03.11.2023 "Galatasaray" - "Kasimpasha"


Ikrom Aliboev — "Kanvon"

Janubiy Koreya chempionatida faoliyat yuritayotgan yagona futbolchimiz Ikrom Aliboevning klubi "Kanvon" k-liga 35-turida Aliboev "CHedju Yunayted" jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdi. Yakunda "Kanvon" 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Hamyurtimiz ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 89-daqiqa maydonda harakat qildi.

28.10.2023 "Kanvon" - "CHedju Yunayted" 1:1

Gollar: Gabriel 51, CHung Von 90+5

Keyingi uchrashuv: 11.11.2023. "Tedjon Sitizen" - "Kanvon"



Abdulla Abdullaev — "Xorfakkan"


BAA chempionatidagi yana bir hamyurtimiz Abdulla Abdullaevning klubi "Xorfakkan" BAA chempionati doirasida "Al-Jaziraga" qarshi uchrashuv o'tkazdi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda "Xorfakkan" 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Hamyurtimiz o'tgan "Al-Vasl"ga qarshi kechgan uchrashuvda maydondan chetlatilgani sababli, so'ngi uchrashuvlarda maydonga tushmayapti

28.10.2023 "Xorfakkan" - "Al-Jazira" 4:2

Gollar: Leonko 16, Lourensi 43, Suror 45+1, Ahmed 66, Junino 84, Maxbut 90+3(penalti)

Keyingi uchrashuv: 04.11.2023 "Baniyas" - "Xorfakkan"


Husayn Norchaev  — "Alaniya"

FNL 16-tur bahsida Norchaevning jamoasi "Arsenal Tula" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda hujumchimiz 69-daqiqada maydonga tushdi.

27.10.2023 "Alaniya" - "Arsenal Tula"

Gollar: Okoronkvo 25, Mashukov 54

Keyingi uchrashuv: 06.11.2023 "SHinnik" - "Alaniya"

Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика