Legionerlarimiz maydonga tushadigan kun

Aslanov Jasurbek
25 may 2024, 13:12
Bugun Osiyo va Yevropa maydonlarida o'zini ko'rsatayogan legionerlarimizning jamoalarida navbatdagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

Turkiyada bugun o'zbek futbolchilarining derbisi bo'lib o'tadi. Aziz Turg'unboev to'p tepadigan "Sivasspor" Otabek Shukurovning "Kayserispor" jamoasiga qarshi o'tkazadi.


Shahboz Umarov hamda Jasur Yaxshiboevlar sharafini himoya qilayotgan "Ordabasi" Qozog'iston liga Kubogining birinchi raundida "Atirau" mehmoni bo'ladi.

Qozog'iston liga Kubogi

18:00

"Atirau" - "Ordabasi"


Rossiya chempionatining grandlaridan biri - SSKAda o'z harakatlari bilan muxlislar mehrini qozongan Abbos Fayzullayev bugun "Ural"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin. Ushbu o'yin qolgan bahslar bilan bir vaqtda bo'lib o'tadi. Shu tariq Rossiya Premer-ligasining joriy mavsumi yakuniga etadi.


Umarali Rahmonaliev hamda Rustam Ashurmatovlar ham RPLda joriy mavsumning so'nggi bahsida maydonga tushishlari mumkin. Ular to'p tepayotgan "Rubin" "Sochi"ni qabul qiladi.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia