Vodiy klublari O'zbekiston MTJ a'zosiga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
16 dek 2025, 11:43
"Paxtakor" yarim himoyachisi Aziz Turg'unboev faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi. 

"Aziz Turg'unboevga "Navbahor", "Neftchi" va "Andijon" qiziqmoqda. 

Favorit Kapadze boshchiligidagi "Navbahor" bo'lsa kerak", – deyiladi xabarda.

31 yoshli futbolchi ortda qolgan mavsum "sherlar" safida 18 o'yinda maydonga tushib, "1+1" natijani ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia