So’nggi yangiliklar

08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  0 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  0 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  1 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  6 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5

Legionerlariga tayanadigan “Jazira” Yangiliklar

Legionerlariga tayanadigan “Jazira”

“Bunyodkor” BAA chempionatining peshqadamlaridan biri bo'lib turgan “Al Jazira”ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv g'olibi CHempionlar ligasining guruh bosqichiga yo'llanma oladi.
SHu sababli bellashuv jamoamiz uchun juda muhim. CHunki OCHLda guruh bosqichidagi 6 bellashuv orqali yosh futbolchilarning mahorat va tajribasi ancha ortishi tayin. Qolaversa, har yili guruh bahslarida qatnashib kelayotgan “Bunyodkor” bu safar undan qolib ketishni istamasligi tabiiy.



“AL JAZIRA” SPORT KLUBI
Tashkil etilgan yili:
1974
Stadioni: “Muhammad Bin Zayd”, 42 ming tomoshabinga mo'ljallangan
Rahbari: SHayx Mansur Bin Zayd Al Naxiyan
Bosh murabbiyi: Erik Gerets (Belgiya)
Erishgan yutuqlari: BAA chempioni (2010-11), BAA FA Kubogi (2007), Etisalat Emireyts Kubogi (2010), BAA Prezidenti Kubogi (2011, 2012), Ko'rfaz klublari chempionati g'olibi (2007).

Abu Dabi amirligining markazida joylashgan “Jazira” ushbu mavsumda chempionlik uchun amirlikning yana bir klubi “Al Ayn” bilan jiddiy kurashga kirishgan. Bu jamoalar saviya borasida BAAning qolgan klublaridan o'tib ketgani yaqqol ko'rinib turibdi.

Aytish mumkinki, Al Jazira legionerlar saviyasi bo'yicha olib qarasak, Osiyodagi eng kuchli klublardan biridir. CHunki jamoa sharafini himoya qilayotgan to'rt legionerning barchasi yuqori saviyada o'yin ko'rsatgan hamda hozirgacha buni uddalab kelayotgan futbolchilar hisoblanadi. Mirko Vuchinichni “Lechche”, “Roma” va “Yuventus”dagi faoliyati orqali ko'pchilik yaxshi biladi. U CHernogoriya futbolining asosiy yulduzi sanaladi.

Milliy terma jamoa va “A” seriyadagi ajoyib o'yinlari bilan ishqibozlar olqishlariga sazovor bo'lgan. “Jazira”da esa bir o'yinda bittadan ortiq to'p kiritib kelmoqda. Unga BAA chempionatida gol urish qiyinchilik tug'dirmayapti. Himoyachilarni osonlik bilan dog'da qoldiryapti. Albatta, bunda unga hujumkor futbolchilar yaxshi yordam bermoqda. SHunday o'yinchilardan biri argentinalik Manuel Lanzinidir.



Yosh hujumkor o'yinchi avval “River Pleyt” va “Fluminese” klublari safida maydonga tushgan. Lanzini to'pni yaxshi saqlab turishi, raqiblarni aldab o'tish va ularning qurshovidan chiqib ketishi, hujumdagi sheriklarga aniq to'p oshirishi bilan jamoa etakchilaridan biriga aylana oldi. Braziliyalik Jusiley ilgari “Korintians” va “Anji”da to'p tepgan. U Falastin fuqaroligiga ega sababli osiyolik futbolchi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Yarim himoyada “Jazira”ning asosiy tayanchi bo'lib turibdi. Burkina-Faso terma jamoasi azosi Jonatan Pitroypa avval “Frayburg”, “Gamburg” va “Renn” klublari tarkibida harakat qilgan. U ko'proq qanotlardan hujumga qo'shilishi bilan raqib himoyachilariga muammo yaratadi. Jamoa kombinaciyalarida faol ishtirok etadigan futbolchilardan biri.

Legioner bo'lmasa-da, hujumchi Ali Mabhutni ham alohida takidlasak arziydi. U BAA chempionatida 10 to'p kiritdi. Bu Vuchinichdan keyingi ikkinchi natijadir. “Jazira” urayotgan gollarning 80 foizidan ortig'i Vuchinich, Mabhut va Lanzini hisobiga yozilgan. Jusiley, Pitroypa, Lanzini, Mabhut va Vuchinich hujum uyushtirilayotgan paytda bir-birlarini juda yaxshi tushunib o'ynashadi. Jamoa o'yini asosan shu futbolchilarga tayanib, tashkil etiladi. “Jazira”ning kuchsiz taraflaridan biri himoya chizig'idir. CHunki BAA chempionatida jamoa deyarli har bir bellashuvda darvozasidan to'p o'tkazib yuboradi. “Bunyodkor” raqib hujum chizig'idagi o'yinchilarga imkoniyat bermagan taqdirda o'zida gol urish uchun bir necha imkoniyat yuzaga kelishi aniq. Eng muhimi, raqib tarkibidagi nomdor futbolchilardan hayiqmay o'ynash kerak. Himoyada raqibga bosim o'tkazilsa, Erik Gerets shogirdlari o'zlarini yo'qotib qo'yishlari mumkin.



Jamoa tarixiga to'xtaladigan bo'lsak, 1974 yil Abu Dabida tashkil etilgan klub sport klubi nomiga to'liq mos tushadi. Futbol bilan birgalikda voleybol, gandbol, basketbol va suzish sporti bilan shug'ullanuvchi jamoalari ham mavjud. O'zi BAAdagi aksariyat klublar birato'la sport jamoalari sifatida faoliyat yuritishadi. Futbolda muvaffaqiyatlarga erishishni jamoa 2007 yildan boshlab qo'lga kiritib kelyapti. Aynan o'sha paytdan Jaziraga katta etibor qaratilyapti. Hozirgacha jamoa ichki musobaqalarning barchasida zafar quchgan. Ikki yil avval “Nasaf” bilan guruhda o'ynagan Abu Dabi klubi har ikki bellashuvda qarshiliklar darvozasini 4 martadan ishg'ol qilgandi.

Bosh murabbiy belgiyalik Erik Gerets bo'lib, u futbolchilik faoliyatida Evropa CHempionlar Kubogida g'alaba qozongan, Evropa va jahon chempionatida sovrindorlar qatoridan joy olgan. Murabbiy sifatida Belgiya, Turkiya, Gollandiya va Saudiya Arabistonida chempionga aylangan. Marokash terma jamoasi bilan Afrika Millatlar Kubogida zafar quchgan. “Al Jazira”da 2014 yildan buyon ishlab kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa hozircha ijobiy taassurot qoldiryapti. Uning qanday o'yin uslubini xush ko'rishini bevosita bugun “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadigan bahsda ko'rib olish imkoniyatiga ega bo'lamiz.



Erik GERETS
Tug'ilgan sanasi
: 18.05.1954
Tug'ilgan joyi: Rekem, Belgiya
Futbolchilikdagi ampluasi: o'ng qanot himoyachisi
O'ynagan jamoalari: 1971–1983 “Standart” 318 (23), 1983–1984 “Milan” 13 (1), 1984–1985 MVV 12 (0), 1985–1992 PSV 200 (8).
Belgiya terma jamoasida 1975-91 yillarda 96 uchrashuvda 2 to'p kiritgan.
Boshqargan jamoalari: 1992–1994 “Lej”, 1994–1997 “Lers”, 1997–1999 “Bryugge”, 1999–2002 PSV, 2002–2004 “Kayzerslautern”, 2004–2005 “Volfsburg”, 2005–2007 “Galatasaroy”, 2007–2009 “Marsel”, 2009–2010 “Al Hilol”, 2010–2012 Marokash terma jamoasi, 2012–2014 “Lahviya”, 2014 yildan “Al Jazira”da.
Yutuqlari (futbolchi sifatida): Belgiya chempioni (1981–82, 1982–83), Belgiya Kubogi (1981), Gollandiya chempioni (1985–86, 1986–87, 1987–88, 1988–89, 1990–91, 1991–92), Gollandiya Kubogi sohibi (1987–88, 1988–89 1989–90), ECHK g'olibi (1987–88), Evropa vice-chempioni (1980), jahon chempionati sovrindori (1986).
Murabbiy sifatida: Belgiya chempioni (1996-97, 1997-98), Gollandiya chempioni (1999–2000, 2000–01), Turkiya chempioni (2005–06), Saudiya Arabistoni chempioni (2009–10), Saudiya Kubogi sohibi (2010), Afrika chempioni (2012), Qatar chempioni (2013–14).

Belgiyaning eng yaxshi futbolchisi (1982), Belgiyaning eng yaxshi murabbiyi (1997, 1998).

Jamoa safida BAA terma jamoasiga nomzod 3-4 nafar futbolchi va yaxshi saviyadagi 4 nafar legioner jamlangan. Milliy chempionat qizg'in pallada bo'lgani sababli jismoniy tayyorgarlik borasida raqibda muammo bo'lmasa kerak. “Bunyodkor”ning ustun tarafi esa bor etiborini aynan ushbu uchrashuvga qaratib, bir oy davomida tayyorgarlik ko'rish imkoniga ega bo'ldi. Bunday paytda aksariyat klublar raqibining barcha kuchli taraflarini o'rganib chiqib, unga qarshi chora topa olishadi. Ishqibozlarni esa stadionda jamoamizni qo'llab-quvvatlashga chaqirib qolamiz.



Darvozabonlar
Ahmad Muborak
Holid Saif
Ali Hasif

Himoyachilar
Juma Abdulloh
Musallam Fayoz
Hassan Amin
Holid Sabeal
Saif Halfan
Bashir Said

Yarim himoyachilar
Hamad Hammadi
Yosir Matar
Manuel Lanzini (Argentina)
Jonatan Pitroypa (Burkina-Faso)
Hamis Ismoil
Jusiley (Braziliya)
Yoqub Husayni
Hamad Hussani
Sulton Bargash

Hujumchilar
Ali Mabhut
Mirko Vuchinich (CHernogoriya)
Issa Vahib
Ahmad Rabia


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика