Legionerlar: Denisov golga hammualliflik qildi
10 avg 2015 19:15
Yangiliklar


Legionerlar: Denisov golga hammualliflik qildi
Rossiya chempionatida 4-tur o'yinlari doirasida O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov to'p suradigan Moskvaning “Lokomotiv” klubi safarda “Ural”ni mag'lub etdi. “Temiryo'lchilar”ning uch goliga mezbonlar faqatgina bir bora javob qaytara olishdi. Etiborlisi, mehmonlarning uchinchi goli kiritilgan vaziyatda Maykonga to'pni aynan Vitaliy Denisov etkazib bergandi. Takidlash kerakki, Denisov uchrashuvda 90 daqiqa davomida maydonda harakat qildi.
“Ural” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng “Lokomotiv” to'plagan ochkolari soni 10taga etdi va ular ayni vaqtda turnir jadvalida “Zenit” va CSKAdan keyin uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Ukraina chempionatida ham 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Hamyurtimiz Sanjar Tursunov faoliyat yuritadigan “Vorskla” jamoasi bu turda o'z maydonida “SHaxtyor”ni qabul qilib, 2:2 hisobtida durang o'ynadi. Tursunov maydonga asosiy tarkibda tushib, o'yinni to'liq o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar