So’nggi yangiliklar

13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  2 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  3 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1 08:16Алексис Санчес Ла Лигага қайтди  1 07:48Расман. Сенне Ламменс - "Манчестер Юнайтед" футболчиси  4

Legionerlar: Baqoev va Geynrix tur ramziy terma jamoasidan o'rin olishdi Yangiliklar

Legionerlar: Baqoev va Geynrix tur ramziy terma jamoasidan o'rin olishdi

O'tgan haftaning dam olish kunlarida xorijda to'p surayotgan bir qator o'zbekistonlik futbolchilar o'z jamoalari safida tur uchrashuvlarida maydonga tushishdi.
ROSSIYA

19 aprel kuni Rossiya Premer-Ligasi 26-tur o'yinlariga star berildi. Premer-Liga peshqadamlaridan biri, Moskvaning Lokomotiv klubi o'z maydonida Terek klubini qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Temiryo'lchilar himoyachisi Vitaliy Denisov uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisi Odil Ahmedov, mazkur turda Anji safida o'z maydonida Zenitga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Uchrashuvda Zenit 1:2 hisobida g'alaba qozondi.

QOZOG'ISTON

19 aprel kuni shuningdek Qozog'iston CHempionati 7-tur o'yinlari start oldi. Aktobe safida harakat qiladigan ikki nafar O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari – Aleksandr Geynrix va Temur Kapadzelar mazkur turda o'z maydonida Qaysar klubiga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Etiborlisi, uchrashuvdagi ilk gol Aleksandr Geynrix hisobiga yozildi. Geynrix uchrashuvda 83 daqiqa harakat qilgan bo'lsa, Temur Kapadze ikkinchi bo'lim boshida almashtirildi. O'yin 3:0 hisobida Aktobening g'alabasi bilan yakunlandi.

Bugun, shuningdek Irtish klubi ham o'z maydonida Astana klubini qabul qildi va gollarga boy uchrashuvda 3:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Etiborlisi, Irtishni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan Ulug'bek Baqoev uchrashuvda dubl muallifiga aylandi. Baqoev birinchi bo'limning 23 va 45 daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa-da, yakunda Irtish uchrashuvda mag'lub bo'ldi.

SHaxter safida to'p surayotgan SHavkat Salomov ham mazkur turda maydonni golsiz tark etmadi. O'z maydonida Ordabasini qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. SHaxterning gollaridan biriga uchrashuvning 20-daqiqasida aynan Salomov mualliflik qildi. SHaxter safida to'p suradigan yana bir o'zbekistonlik futbolchi Kamoliddiy Murzoev uchrashuvda maydonga tushirilmadi.

Qayd etish lozim, Qozog'istonning etakchi sport nashrlaridan biri Vesti.kz ushbu tur yakunlariga ko'ra, Aleksandr Geynrix va Ulug'bek Baqoevni tur ramziy terma jamoasiga kiritgan.

UKRAINA

Ukrainaning Vorskla klubida to'p surayotgan Sanjar Tursunov, chempionatning 26-turida safarda Kievning Dinamo klubiga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Dinamoning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yinda, Tursunov to'liq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика