Legionerlar: Ahmedov, Denisov va Tursunov jamoalari durang o'ynadi
05 avg 2015 12:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/178670_original.jpg)
![](/upload/storage/178670_220.jpg)
Legionerlar: Ahmedov, Denisov va Tursunov jamoalari durang o'ynadi
Rossiya chempionati 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Ushbu tur o'yinlari doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov to'p suradigan Moskvaning “Lokomotiv” futbol klubi o'z maydonida “Dinamo”ni qabul qildi. Poytaxt derbisida durang natija qayd etildi. 40-daqiqada G. Morozov mehmonlarnihisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 61-daqiqada CHorluka hisobni tenglashtirdi. Denisov o'yinda to'liq harakat qildi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov faoliyat olib borayotgan “Krasnodar” esa “Rostov” maydoniga safar uyushtirib, bir ochko bilan qaytdi. Ushbu uchrashuvda hisob ochilmadi. Ahmedov esa uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa davomida maydonda bo'ldi.
Ukraina chempionatida ham uchinchi tur o'yinari bo'lib o'tdi. O'zbekiston milliy terma jamoasining yana bir yarim himoyachisi - Sanjar Tursunov o'ynaydigan “Vorskla” jamoasi bu turda o'z maydonida "Dnepr”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o'ynadi. Tursunov o'yinni to'liq o'tkazdi. Ayni vaqtda “Vorskla” uchinchi turdan keyin uch ochko to'plagan holda, turnir jadvalining 9-o'rinini egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar