So’nggi yangiliklar

17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  0 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  22 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  21 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  1 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  30 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7

"Legioner muxlis". Ikkinchi son Yangiliklar

"Legioner muxlis". Ikkinchi son

Teglar :  Legioner muxlis
Saytimizda "Legioner muxlis" rukni ishga tushgani haqida elon qilingan edi.

Dunyoning turli chekkalarida istiqomat qilayotgan ko'plab futbol muxlislarimiz tomonidan "Legioner muxlis"da ishtirok etish istagini bildirishdi. Quyida navbatdagi "legioner muxlis"larimiz bilan tanishing.


Bahodir Qoraboev. Rossiya – Nijniy Novgorod
Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridan hammaga salom! Men Farg'onadanman hozirda Nijniy Novgorodda istiqomat qilaman. “Barselona” va “Neftchi” klubining muxlisiman.



Bobur Hakimov. Janubiy Koreya
Men hozirda Janubiy Koreya mamlakatida ishlayapman. Bu loyihani ko'rib xursand bo'ldim va men ham qatnashishni xohladim. Men “Barcelona” hamda “Andijon” futbol klublari muxlisiman. Xudo xohlasa terma jamoamiz Jahon chempionatiga albatta boradi! Yaqin kunlarda futbol o'yini vaqtida tushgan rasmimni yuborishga vada beraman. Bobur yurti Andijon, biz senga beramiz jon!


Tohirbek Nematov. Rossiya – Moskva
Men Tohirbek Nematov Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidanman. Hozir Moskvadaman. O'zbekiston terma jamoasi, “Real Madrid” va “Neftchi”ga muxlislik qilaman. Saytni 5 yildan beri kuzataman.



G'aniev Bahodir. Turkiya – Antaliya
Men G'aniev Bahodir Turkiyaning Antaliya shahrida yashayman. O'zim ham shu erda futbol o'ynayman. “Olmaliq” va “Lokomativ”ga muxlislik qilaman. Hammaga va meni tanigan do'stim Jalolidin Masharipovga salom. 



Mahmudov Saydulloh. Yaponiya – Yokogama
2016 yil 18 dekabr sanasida Yaponiyaning Yokogama shahrida o'tgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finaliga borgandim. “Real Madrid” – “Kashima Antlers” (3:2) o'yinidan lavhalarni taqdim etaman. 

 



Mo'minov Lazizbek. Rossiya - Vladivostok
"Legioner muxlis" loyihasida qatnashish uchun sizlarga Rossiyaning Vladivostok shahridan rasm yo'llayapman. Agar rasmim loyiha shartlariga to'g'ri kelsa "Legioner muxlis"ning keyingi sonlarida jo'natgan rasmimni ko'rsam xursand bo'lardim. Muxlisingiz Mo'minov Lazizbek.



Nodir Ismoilov. Turkiya – Istanbul  
Men 1990 yilman Toshkentda tug'ilganman. Hozirda Istanbuldaman. Bolaligimdan “Milan” klubining ashaddiy muxlisiman.



Matminov Nodirbek. Turkiya - Istanbul

Men asli andijonlikman. Turkiyaning Istanbul shahrida vaqtinchalik yashayman futbol jonu dilim har soatda sizlarning saytingizga kiraman. Barcha futbolsevar hamyurtlarimizga salom!  Istanbuldan Matminov Nodirbek



 
Omadjon. Rossiya – Qozon
Men Farg'onada tug'ilganman. Hozir Rossiyaning Qozon shahridaman. Bo'sh vaqt bo'lishi bilan shu stadiondamiz! Kelasi mavsum albatta “Rubin” Berdiev davridagi mavqega qaytadi degan umiddaman. SHu bilan birga kelasi yil shu arenada O'zbekiston terma jamoamizning Jahon chempionatida ko'rish nasib qilsin.



Abdullaev Muxtor. Rossiya – Moskva
15 yildan beri Moskvada istiqomat qilib kelmoqdaman. O'zim Namangan shahridanman. Sizlardan iltimos agar iloji bo'lsa chempionatlarimiz tarixidan qisqa qisqa maqolalar chiqarib turinglar. O'z vaqtida “Neftchi”, “Navbahor”, “Navro'z” (“Andijon”) va boshqa komandalar oliy ligada qanday o'yin ko'rsatishgani hozirgi yosh avlodga qiziq tuyuladi. Oldindan tashakkur. O'zim “Navbahor” va "Barselona"ning ashaddiy muxlisiman.



Nabiev Sohibjon. Janubiy Koreya
Men Janubiy Koreya Universitetida koreys tili bo'yicha tahsil olmoqdaman. Samarqandning “Dinamo” va O'zbekiston terma jamoasining ashaddiy muxlisiman! Terma jamoamizga hamda “Dinamo” klubiga ulkan g'alabalar yor bo'lishini tilab qolaman! O'zbekistoooon!!!



Baxtiyor Yulchiev. Rossiya
Andijon viloyati Asaka shahrida tug'ilganman. Hozir Rossiyadaman. “Real Madrid” va Germaniya terma jamoasi muxlisiman. “Ufa” jamoasining har bir o'yinini stadiondan kuzatib boraman. Saytga kirish men uchun shartsiz refleksga aylanib  ulgurgan allaqachon)). Bitta muammo shuki registraciyadan o'tolmayapman.



Sattarov Ulug'bek. Rossiya
Men 1984 yil Surxondaryo viloyati Qumqo'rgon tumani, Oqsoy mahallasida tug'ilganman. Futbolning ashaddiy muxlisiman. Rossiyada 2017 yil Konfederaciyalar kubogi bo'lib o'tadi. 2018 yilgi Jahon chempionatida O'zbekiston albatta qatnashadi! Biz shunga ishonamiz. Biz o'zbeklar bu erda terma jamoamizga muxlislik qilamiz.


Hakimov SHoyatbek. Janubiy Koreya
Men hozir Janubiy Koreyada yashayman. “Real Madrid” muxlisiman. O'zbekistondaligimda “Andijon”ni har bir o'yiniga tushardim.



Xurshid Rahmatov. Turkiya - Istanbul
Futbolni juda yaxshi ko'raman O'zbekiston termasi va Samarqandning “Dinamo” jamosiga muxlislik qilaman. Yana Ispanyaning “Real Madrid” jamoasi o'yinlari ham yoqadi. Nasib bo'lsa keyingi safar stadiondan rasm jo'nataman.


Bozorov Islom. Yaponiya  
Assalomu aleykum! Hozirda Yaponiyada tahsil olmoqdaman. Samarqandning “Dinamo” klubining ashaddiy muxlisiman, xorijdan “Real Madrid” va “Manchester Yunayted”ga muxlislik qilaman!  Nodirxo'ja aka doimo hozirgidek faol bo'lib izlanishdan to'xtamang va charchamang. Hammani ishlariga omad va baraka tilayman! Hurmat bilan, Islom Bozorov.


Davronbek Abdilvosiev. Belarus – Vitebsk
Men 1990 yil 26 oktyabr sanasida Andijon viloyati Paxtaobod tumani Madaniyat qishlog'ida tug'ilganman. Hozirda Belarus davlati Vitebsk shahrida ishlayman. Sportga juda qiziqaman. Futboldan “Barselona” va o'zimizdan “Andijon”, “Bunyodkor” klublari muxlisiman.



Nomozov Jo'rabek. Rossiya – Sankt-Peterburg
Assalomu alaykum men 1986 yilda tug'ilganman. Hozirda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ishlayman va yashayman. O'zim asli Qarshi shahridanman. Eng sevimli jamoam “Nasaf”. Evropada “Arsenal”ga muxlislik qilaman. Butun jahon tasnifida Gollandiya terma jamoasini bolaligimdan ashaddiy muxlisiman.
Keyingi yil Rossiyada o'tadigan JCH-2018ga O'zbekiston terma jamoasi chiqishini tilab qolaman.
Hammaga omad! Kim qaerda bo'lsa ham o'zbeklar sog'-bo'lsin.





Quvondiqov Rahim. Qozog'iston –Astana
Qozog'istondan assalomu aleykum qondoshlar. Men Samarkand  viloyati Tayloq tumanidanman. Saytga gap bo'lish mumkin emas. Futbolga  Maradona jahon kubogini olgandan beri qiziqaman. “Barselona”ga 25 yillardan beri muxlisman. SHu  futbol orqali hamma viloyatlarimiz xatto qo'shni Qirg'izston va Tojikstondan yaxshi do'stlar orttirdim.



Hakimov Elmurod. Rossiya – Moskva  
1988 yil Namangan viloyati Pop tumanida tug'ilganman. Hozirda Rossiya poytaxti Moskva shahrida oila azolarim bilan vaqtincha istiqomat qilamiz. Men futbolga 4 yoki 5 yoshimdan beri qiziqaman. Bunga sabab dadam Hakimov Erkinjon bo'ladilar. O'zlari futbolning ashaddiy muxlisi bo'lganliklari sababli meni ham birga har bir “Navbahor” o'yinlariga olib borar edilar. Kichkinaligimdagi eng esda qolarli futbol bahsi bu 1996 yil “Navbahor” – “Traktor” o'yini bo'lgan - 5:1. O'zim Evropa klublari ichida “Milan”ning ashaddiy muxlisiman O'zbekistonda esa “Navbahor” lekin birinchi o'rinda milliy terma jamoamiz ashaddiy muxlislaridan biriman.

 

Olimjon Soliev. AQSH - Nyu-York.
Nyu-Yorkda kollejda tahsil olayapman. “Real Madrid” va “Dinamo”. Championat.asia da nikim “olimjon” .  Hammaga omad va Hala Madrid.



"Legioner muxlis". Birinchi son


Agar birinchi va ikkinchi sondan o'rin olmagan bo'lsangiz keyingi sonlarda albatta sizning ham rasmingiz chop etiladi. "Legioner muxlis" o'z faoliyatini davom ettiraveradi va boshqa muxlislarimizdan ham rasmlar kutib qolamiz.

"Legioner muxlis" ruknida ishtirok etish shartlar quyidagilar:

1. Xorijda istiqomat qilish

2. O'sha shaharda selfi tushish (imkon bo'lsa stadionda) va o'zi haqida malumotni telegramda https://t.me/CA_admin ga yuborish kerak.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика